AQShda dronlarga qarshi mikroto‘lqinli qurol sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Amerikaning Epirus kompaniyasi Leonidas H2O deb nomlangan yangi avlod yuqori quvvatli mikroto‘lqinli qurollar tizimini taqdim etdi. U bir vaqtning o‘zida motorli qayiqlar, o‘zi boshqariluvchi suvusti kemalari va uchuvchisiz parvoz qurilmalarini ishdan chiqara oladi.

Foto: youtube.com/epirus
Bu tizim AQSh Dengiz flotining Coastal Trident (ANTX-CT) o‘quv mashg‘ulotlari doirasida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.
Leonidas H2O tizimi yuqori energiyali mikroto‘lqin texnologiyalariga asoslangan Leonidas platformasining kengroq miqyosdagi versiyasidir. Sinovlar natijasiga ko‘ra, qurol 40 dan 90 ot kuchigacha bo‘lgan dengiz dvigatellarini ancha uzoq masofada, hatto yarim quvvatda ishlayotgan holatda ham samarali tarzda ishdan chiqara olgan.
Epirus bosh direktori Endi Lourining ta’kidlashicha, Pentagon an’anaviy bo‘lmagan vositalar orqali dengiz kemalarini to‘xtatish texnologiyalarini ishlab chiqishga o‘nlab mln dollar sarflagan, ammo hanuzgacha amalda foydalanilayotgan birorta tizimni joriy etmagan. Leonidas H2O aynan shu bo‘shliqni to‘ldiradi — u dengiz va havo hududlarini himoya qilish uchun amalda sinovdan o‘tgan yechimni taqdim etadi.
Tizim Leonidas LRAM kuchaytiruvchi modullariga asoslangan qattiq modulli arxitekturaga ega bo‘lib, yuqori ishonch va mukammal ishlash barqarorligini ta’minlaydi. Epirus HPM texnologiyasi to‘g‘ri boshqarilganda, o‘q-dorilar, yonilg‘i va shaxsiy tarkib uchun xavfsiz hisoblanadi.
Leonidas qurollari butun dron roisini yo‘q qilish, bir vaqtda bir nechta nishon guruhlariga qarshi kurashish qobiliyatiga ega. Bu esa ularni harbiy obektlar va strategik ahamiyatga ega hududlarni himoya qilishda juda samarali vositaga aylantiradi.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 21:46
-
Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:43
-
Tramp neft narxi pasayishi Rossiyaning muzokaralardagi pozitsiyasini yumshatishi haqida gapirdi. Moskva rad etdi
Jahon | 21:12
-
Sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi
O‘zbekiston | 20:45