O‘zbekistonda “yagona turistik karta” joriy qilinadi
Prezident raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
To‘rt yilda madaniy meros obektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga budjetdan 385 milliard so‘m berildi. Shunga qaramasdan, hozirda yana 485 ta obekt ta’mirtalab ahvolda.
"Faqat budjetga qarab qolmasdan, bu ishlarga xususiy sektorni keng jalb qilsa bo‘ladi-ku!", - dedi prezident.
Ijaraga berish mumkin bo‘lgan 2 mingta madaniy meros obektidan atigi 325 tasi tadbirkorlarga berilgani tanqid qilindi. Mutasaddilarga shu yilning o‘zida 400 ta obektni tadbirkorlarga ijaraga berish topshirildi.
Turizm obektlariga kuniga minglab odam kirgani bilan, tushumlar raqamlashmagani uchun tizim shaffof emasligi qayd etildi. Vaholanki, ochiq tizim qilib, tushumni o‘zidan ta’mirlash ishlarini bajarish mumkin. Shu munosabat bilan barcha obektlarda kirib-chiqishni avtomatik hisobga oladigan moslama o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi.
Respublikaning barcha tarixiy obidalariga kirish imkonini beradigan “yagona turistik karta” joriy qilinishi belgilandi.
Bu yil madaniy meros obektlari restavratsiyasiga kamida 4 million dollar grant jalb qilinadi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49
-
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrifini yakunlab, Sloveniyaga yo‘l oldi
O‘zbekiston | 21:46
-
Ispaniyada Yanukovichning safdoshi otib ketildi
Jahon | 21:37
Mavzuga oid

13:40 / 16.04.2025
Xitoyda O‘zbekiston madaniy hordiq bo‘yicha eng yaxshi yo‘nalish sifatida e’tirof etildi

09:31 / 20.02.2025
Markaziy bank kartalar haqida yuborilayotgan SMS xabarlar bo‘yicha izoh berdi

13:27 / 24.01.2025
Misr O‘zbekistonning tog‘li hududlarida turistik majmualar barpo etishi mumkin

20:40 / 02.12.2024