O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma egalari orasida yetakchilar qatorida
Qariyb 60 ming nafar o‘zbekistonlik Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olgan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan xorijliklar orasida yuqori o‘rinlarni egallab turibdi. Turkiya migratsiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 3 aprel holatiga ularning soni 58747 nafarni tashkil qiladi. Bu yettinchi o‘rin hisoblanadi.
Birinchi o‘rinda Turkmaniston fuqarolari – 121990 kishi. Ikkinchi o‘rinni Ozarboyjon fuqarolari (85331 kishi), uchinchi o‘rinni Rossiya (81413 kishi) egallagan. Kuchli beshlikni Eron (76 416) va Suriya (73 063) fuqarolari yakunlagan.
Shuningdek, talaba sifatida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni - 5960 nafar (7-o‘rin). Oilaviy yashash uchun ruxsatnomaga ega o‘zbekistonliklar soni 15714 nafar (2-o‘rin).
Umuman olganda, Turkiya 1 milliondan ortiq xorijliklarga yashash uchun ruxsatnoma bergan. Ularning aksariyati Istanbul (533 ming), Antaliya (108 ming) va Anqarada (70 ming) yashaydi.
Mavzuga oid

15:56
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

18:12 / 12.04.2025
Istanbulning sobiq meri ustidan sud jarayoni yozga qoldirildi

20:39 / 11.04.2025