Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda
Turkiya nashrlari O‘zbekiston fuqarosi o‘z turmush o‘rtog‘ini moliyaviy muammolar tufayli o‘ldirgani haqida xabar tarqatdi, u hibsga olingan. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxona ayolga huquqiy yordam ko‘rsatilayotgani, unga advokat biriktirilganini ma’lum qildi. Ayblanuvchining xolasi esa ayol o‘zini himoya qilganini aytgan.

Foto: Videodan kadr
Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik ayol turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatdi.
Xabarlarda aytilishicha, 6 aprel kuni Istanbulning Kartal tumanida yashovchi er-xotin o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Janjalga moliyaviy muammolar sabab bo‘lgani, jarayon davomida O‘zbekiston fuqarosi, 28 yoshli S.T. oshxonadan pichoq olib, 42 yoshli E.E.ni yaralagani ma’lum qilingan.
Shundan so‘ng S.T. taksoparkka qo‘ng‘iroq qilib, turmush o‘rtog‘i kasalxonaga borishi kerakligini aytib, mashina so‘ragan. Taksi haydovchisi hushsiz yotgan erkakni ko‘rib, tez yordam chaqirgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar uning o‘limini qayd etgan. Ayol politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, 4 yil oldin turmush qurgan juftlikning bir nafar farzandi bor.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ayblanayotgan fuqaroning xolasi bilan suhbatlashgani haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, haqiqatan ham, mazkur voqea yuzasidan gumonlanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya fuqarosi spirtli ichimlik iste’mol qilgan, u o‘zbekistonlik ayoliga nisbatan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazib kelgan.
Konsulxona xabarida voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonada boshqa shaxslar ham bo‘lgani aytiladi. «Dastlabki tergovga ko‘ra, marhum ayolni bo‘g‘ayotgan paytda orqa tomondan pichoq bilan jarohatlangan. Bu esa uni boshqa shaxs tomonidan pichoqlangan bo‘lishi ehtimolini istisno etmaydi», – deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Ayblanuvchining xolasi, o‘z navbatida, hali uning jiyani sud tomonidan aybdor deb topilmagani, shuning uchun voqea haqida xabar tarqatayotganda buni hisobga olishni so‘radi. Shuningdek, voqeadan so‘ng ayblanuvchining onasi falaj bo‘lib qolganini qo‘shimcha qildi. «Siz bilmagan ko‘p narsa bor», – deydi u.
O‘zbekiston fuqarosiga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilayotgani va unga advokat biriktirilgani qayd etildi. Holat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Pokiston fuqarolarga viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtiradi
Turizm | 09:47
-
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi
Jahon | 09:45
-
Olib kirilayotgan biologik faol qo‘shimchalarda giyohvandlik vositalari mavjudligi aniqlanadi
O‘zbekiston | 09:20
-
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda
Jahon | 08:46
Mavzuga oid

09:49 / 30.07.2025
Samarqandda 34 yoshli xonanda ayol eri tomonidan o‘ldirib ketildi

19:22 / 25.07.2025
Konibodomdagi seriyali qotilliklar bo‘yicha to‘rt kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

18:18 / 21.07.2025
Surxondaryodagi bozorda sotuvchi bir guruh shaxslar tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

15:48 / 13.07.2025