Telegram Rossiyada 7 million rubl jarimaga tortildi
Roskomnadzor bir qator Telegram kanallarida teraktlar va «hukumatni ag‘darish»ga qaratilgan norozilik namoyishlariga chaqiriqlarni topdi. Ularni olib tashlashdan bosh tortgani uchun sud messenjerni 7 million rubl miqdorida jarimaga tortdi.

Foto: KUN.UZ / Muhammadjon G‘aniyev
Moskvaning Tagansk tuman sudi Telegram messenjerini teraktlar uyushtirish va hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashishga chaqiruvchi kanallarni olib tashlamagani uchun 7 million rubl jarimaga tortdi. Bu haqda 8 aprel, seshanba kuni sud ishi materiallariga tayanib, TASS xabar berdi.
Sud hujjatlarida aytilishicha, Roskomnadzor (RKN) Telegram-kanallari tomonidan ma’lumotlarga kirishni cheklash tartibi buzilganligini aniqlagan, xususan, «Rossiyada hukumatni ag‘darish maqsadida» hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etishga, shuningdek, «Ukraina qurolli kuchlariga yordam berish maqsadida» temiryo‘l transportida teraktlar uyushtirishga chaqiriqlar yangragan. TASS qayd etishicha, sud avvalroq xuddi shunday qoidabuzarlik uchun Telegramʼni 4 million rubl miqdorida jarimaga tortgan.
Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri, 2025 yilning fevral oyi holatiga ko‘ra, Rossiya sudlari mashhur messenjerni taqiqlangan ma’lumotlarni o‘chirmagani, o‘zini o‘zi boshqarish majburiyatini va Roskomnadzor buyrug‘ini bajarmagani uchun ma’muriy moddalar bo‘yicha 63,4 million rubl miqdorida jarimaga tortdi, deb yozadi «Kommersant».
Rossiya nazorat agentligi matbuot xizmatining 7 aprel kuni xabar berishicha, 2017 yildan beri Telegram messenjeri Roskomnadzor talabiga binoan 373 mingdan ortiq nashr yoki kanalni o‘chirib tashlagan. Shu kuni rasmiylar, oligarxlar va xavfsizlik kuchlari haqidagi kompromat va insayder ma’lumotlarni chop etish bilan mashhur bo‘lgan Rossiyaning mashhur «VChK-OGPU» anonim kanali o‘chirib tashlangani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid

13:45
Makron «8-10 kun ichida» Rossiyaga bosimni kuchaytirishga va’da berdi

20:37 / 28.04.2025
Ukraina TIV Putin tomonidan e’lon qilingan otashkesim bo‘yicha izoh berdi

18:19 / 28.04.2025
KXDR urushdagi ishtirokini ilk bor tasdiqladi

17:09 / 28.04.2025