O‘zbekistonlik haydovchilar Rostov-Dondagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilinadi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rostov-Don shahar Transport departamenti direktori Vadim Shkabarnya va hududdagi yirik transport kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
Rossiya tomoni Rostov-Don shahar Transport departamenti faoliyati va korxonalar xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.
Ish beruvchilarning ta’kidlashicha, korxonada jami 650-700 ta yo‘lovchi avtobusi mavjud bo‘lib, avtobus haydovchilarining yetishmasligi 40 foizni tashkil etyapti. Xususan, hozirgi kunda "D" toifasidagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan 100 nafar haydovchini ishga olish rejalashtirilgan.
Rossiya vakillari O‘zbekistondan kelib ishlayotganlar haqida ijobiy fikr bildirdi. Shuningdek, taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Bosh konsulxona xodimlari Rossiya tomonini O‘zbekiston fuqarolarini xorijda qonuniy asosda ishga jalb qilish tartibi va shartlari bilan tanishtirdi.
Uchrashuv yakunida xorijiy ish beruvchi bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo bitim tuzishi mumkin
O‘zbekiston | 07:46
-
Isroilning G‘azoga hujumi qurbonlari soni 57 mingdan oshdi
Jahon | 07:11
-
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
O‘zbekiston | 07:05
-
Toshkentda odamlardan intervyu olish bahonasida pul yig‘ib kelgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 07:01
Mavzuga oid

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin

00:46 / 06.05.2025