O‘zbekiston va Jahon banki 153 mln dollar qiymatdagi loyihani ishga tushiradi
O‘zbekiston hukumati va Jahon banki o‘rmonlar hamda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash loyihasini amalga oshiradi.

Foto: Ekologiya boshqarmasi
Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi Jahon banki bilan birgalikda «O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash» loyihasi boshlanganini e’lon qildi.
Jahon banki loyihani amalga oshirish uchun 153 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu loyiha Markaziy Osiyoning beshta davlatida o‘rmonlar va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshiriladigan mintaqaviy dasturning bir qismidir.
«Biz bugun Jahon banki bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yayotgan loyihamiz O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan maqsadlarga erishishga yordam beradi. Bu o‘n yillik oxiriga qadar o‘rmonlar maydonini 6,1 million gektarga yetkazish masalalarini ham o‘z ichiga oladi, — dedi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov. — Loyiha yerlari degradatsiyaga uchragan yerlarga but va daraxtlar ekish orqali mahalliy landshaftlarning barqarorligini va oziq-ovqat tizimlarining unumdorligini oshiradi, shuningdek, aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, loyiha tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish orqali kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlaydi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ekoturizmni rivojlantirishga xizmat qiladi».
Loyiha mamlakatning turli hududlarida landshaftlar barqarorligini ta’minlash va o‘rmonlarni qayta tiklash, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari o‘rtasida transchegaraviy tabiiy hududlarni tiklash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlaydi. Loyiha tadbirlari mamlakatimizning 6 ta hududi — Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Jahon | 10:55
-
Germaniya TIV rahbari va uning hamkasblari Eron TIV rahbari bilan uchrashuvni rejalashtiryapti
Jahon | 10:54
-
Yuridik litseylar bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:48
-
Kanada Chubays va Putinning sobiq xotiniga qarshi sanksiyalar kiritdi
Jahon | 10:27
Mavzuga oid

14:59 / 16.06.2025
O‘zbekistondagi o‘rmon va yaylov yerlarining bir qismi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi

10:23 / 12.06.2025
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki

15:09 / 03.06.2025
2030 yilgacha 1,5 million gektarda o‘rmonlar barpo etiladi

17:24 / 21.05.2025