Janubiy Koreyada harbiy samolyot halokatga uchradi
Havo kemasi bortida to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokat sabablarini aniqlash uchun tergov guruhi tuzildi.

Foto: Yonhap
Janubiy Koreya Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli patrul samolyoti halokatga uchradi, deb xabar beradi Yonhap. Bu mamlakat Qurolli kuchlari ixtiyoridagi P-3C samolyotining halokatga uchrashi bilan bog‘liq birinchi holat hisoblanadi.
«Mashg‘ulot parvozlari doirasida Pohangdagi aviabazadan soat 13:43 da havoga ko‘tarilgan P-3 dengiz patrul samolyoti soat 13:49 larda noma’lum sabablarga ko‘ra halokatga uchradi», — deyiladi Harbiy-dengiz kuchlari xabarida.
Qayd etilishicha, hodisa joyida uch kishining jasadi topilgan. Rasmiylar ularning ikki nafari halok bo‘lganini tasdiqladi. Havo kemasi bortida to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, ularning ikki nafari ofitser bo‘lsa, yana ikki nafari unter-ofitserdir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sabablarini aniqlash uchun tergov guruhi tuzilgan.
«O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 17 ta texnika va 40 ga yaqin shaxsiy tarkib vakilini yubordi», — deyiladi xabarda.
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Li Chju-Xo mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kim Son-xoga yo‘lovchilarni qutqarish ishlarini nazoratga olishga va atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etishga chaqirdi.
Ta’kidlanishicha, Janubiy Koreya Harbiy-dengiz kuchlari ixtiyorida 16 ta P-3C samolyotlari mavjud bo‘lib, ular «suvosti kemalari qotili» nomi bilan tanilgan. Ushbu havo kemalarining dastlabki sakkiztasi 1995 yilda foydalanishga topshirilgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
WSJ: Isroilning Eron bilan urushi Rossiya-Xitoy gaz quvuri g‘oyasini jonlantirdi
Jahon | 11:38
-
Tramp: Putinning Ukrainadan tashqari ambitsiyalari bo‘lishi mumkin
Jahon | 11:32
-
Toshkentda tarixiy yodgorlikka 27 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Jamiyat | 11:29
-
Yer toifasini o‘zgartirib berish uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 11:14
Mavzuga oid

20:10 / 11.06.2025
Janubiy Koreya KXDR bilan chegarada tashviqot radiosini o‘chirdi

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025