Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan uchrashdi
Uchrashuvlarda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni «Markaziy Osiyo – YeI» birinchi sammitida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 1,1 milliard dollardan oshgan tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Birgalikda «Shovot - Toshhovuz» chegaraoldi savdo zonasi tashkil etilmoqda. Faol hududlararo muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuv doirasidagi tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda. Bo‘lajak oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, keng qamrovli hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari 31 mart kuni Xo‘jand shahrida davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi samarali bo‘lgani hamda davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzolanganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar. Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari, xususan, sanoat, transport, energetika va infratuzilma sohalarida muhim kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish choralari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbarlari faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar. Bo‘lajak tadbirlar rejasi va mintaqaviy hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari joriy yil 31 mart kuni Xo‘jand shahrida o‘tgan oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvning tarixiy natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Chegara masalalarining to‘liq tartibga solinishi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda yangi sahifa ochishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu oyda bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida tovar ayirboshlashni ko‘paytirish va kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.
Yetakchilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlikni muhokama qildilar.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashdi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini ikki davlat rahbarlarining yaqinda Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni hisobga olgan holda yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat hukumatlari tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni, shu jumladan hududlar darajasida ilgari surish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rishi muhimligi ta’kidlandi. Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini ishga tushirish jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida kelishib olindi. Shuningdek, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, oliy darajadagi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:48 / 10.07.2025
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

16:53 / 09.07.2025
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

16:33 / 09.07.2025