Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi
Samarqand shahrida 2 kun davomida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi rasmiy sammiti hamda xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan 1-5 aprel kunlari uchun hududdagi jami 10 ta OTM va texnikumlarga qisqa muddatli ta’til e’lon qilindi. O‘quv jarayonlari 7 apreldan qayta boshlanadi.
3–5 aprel kunlari Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi» sammiti o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy xabariga ko‘ra, «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi rasmiy sammiti yuqori saviyada o‘tkazilishi hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida shaharda transport harakatlanishini qisqartirish va cheklash choralari ko‘riladi.
Shu munosabat bilan 1–5 aprel kunlari quyidagi oliy ta’lim muassasalari hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga yozgi ta’til hisobidan qisqa muddatli o‘quv ta’tili beriladi:
1. Samarqand davlat universiteti;
2. Samarqand davlat chet tillar instituti;
3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
4. «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;
5. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;
6. Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
7. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;
8. Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi;
9. Samarqand davlat universiteti akademik litseyi;
10. Abu Ali ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi texnikumi.
O‘quv jarayonlari 7 aprel, dushanba kundan boshlanadi. Vazirlikka ko‘ra, bu oliygoh talabalari uchun qoldirilgan dars mashg‘ulotlari yozgi ta’tilning ilk kunlari hisobidan o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti munosabati bilan shaharga kirish yo‘llari vaqtinchalik yopilishi xabar qilingan.
3, 4 va 5 aprel kunlari viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etiladi. Haydovchilar uchun maxsus flayerlar ishlab chiqilgan bo‘lib, uni QR-kod yordamida mobil ilova orqali ham ko‘rish mumkin.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Qirg‘iziston poytaxtida blekaut yuz berdi
Jahon | 18:40
-
Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 209 million dollar mablag‘ni beg‘araz ajratadi
Jahon | 18:33
-
Xomanaiy agar AQSh harbiy mojaroga aralashsa «muqarrar javob» bilan tahdid qildi
Jahon | 18:25
Mavzuga oid

20:36 / 17.06.2025
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasida Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

22:03 / 11.06.2025
Samarqand viloyatida ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

16:58 / 09.06.2025
Samarqanddagi Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi

13:42 / 07.06.2025