Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi
Vengriyaning Daily News Hungary onlayn nashrida "BMTning Davlat xizmatlari forumining O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakat uchun tarixiy sana" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Unda 2025 yilning 23-25 iyun kunlari Samarqand shahrida BMTning Davlat xizmati forumi o‘tkazilishi ma’lum qilingan. Ushbu nufuzli xalqaro tadbirning asosiy mavzusi — "2030 yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish". Forum BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti va O‘zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilmoqda.
Nashrda O‘zbekistonda 2017 yilda boshlangan tub islohotlar O‘zbekiston davlat xizmati tizimida ham ijobiy o‘zgarishlarga yo‘l ochgani qayd etilgan. "O‘zbekiston prezidentining tashabbusi bilan davlat fuqarolik hukumati transformatsiya qilindi. "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak", degan hayotiy tamoyilidan kelib chiqib, O‘zbekiston prezidentining virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi va davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash tizimi joriy etildi", deyiladi materialda.
Vengriya OAV, shuningdek, O‘zbekistonda yuqori rahbarlik lavozimlariga zaxira tayyorlash amaliyoti qo‘llana boshlanganiga e’tibor qaratgan. Natijada, davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar yanada demokratlashdi, deb ta’kidlangan.
Maqola: "Ushbu forum O‘zbekistonda ilk bor tashkil etiladi va bu mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega. Forumning O‘zbekistonda o‘tkazilishi — BMTning O‘zbekiston bilan davlat xizmati sohasida shakllanayotgan mustahkam hamkorligining amaldagi namunasidir", – degan so‘zlar bilan yakunlangan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Importda yana muammo: Texnik tartibga solish agentligi muzlatkich va sovitkichlarni O‘zbekistonga kirgizmayapti
Iqtisodiyot | 18:37
-
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi
Jahon | 18:13
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tuzildi – asosiy ma’lumotlar
Iqtisodiyot | 18:04
Mavzuga oid

13:45 / 11.07.2025
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

22:00 / 05.07.2025