Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev bu yil o‘tgan yilgidek qabulga oid tushunmovchiliklar bo‘lmasligi, yangiliklar barvaqt e’lon qilinishini ma’lum qildi. “Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan barcha zarur bo‘lgan normalar hammasi ijtimoiy tarmoqlarda ruxsat bilan e’lon qilib boriladi”, – dedi u.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev bu yil qabulga oid yangiliklar barvaqt e’lon qilib borilishini aytdi. U, shuningdek, qabulga oid tartibni ishlab chiqadigan maxsus komissiya qarorlari nega to‘liq e’lon qilinmasligiga ham izoh berib o‘tdi.

“O‘zbekiston respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bu yopiq degani endi shunday masalaki, bu komissiya hukumat huzurida faoliyat yuritadi. U kollegial organ, u yerda vazirlik va idoralar bor, 20 dan ortiq odam bor. U yerda muhokama etilib, qabul qilinayotgan qarorlar barchasi faqat va faqat yoshlarimiz va abituriyentlar manfaatini ko‘zlab qilinadi. Va o‘sha davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan barcha zarur bo‘lgan normalar hammasi ijtimoiy tarmoqlarda ruxsat bilan e’lon qilib boriladi”, – dedi Daliyev Kun.uz muxbiri bergan savol asnosida.
U, shuningdek, test sinovlarini o‘tkazish jarayoniga oid xavfsizlik kabi masalalar yopiq bo‘lishi va buning xalqqa hech qanaqa ta’sir qiladigan joyi yo‘qligini ham qo‘shimcha qildi.
2024/2025 o‘quv yili qabulida super kontrakt to‘lash tartibida tushunmovchilik bo‘lgandi. O‘shanda tanlagan 5 yo‘nalishidan biriga kirganlar 1-yo‘nalishiga katta miqdordagi super kontrakt to‘lashi kerakligini shartnoma olish vaqtidagina bilib qolishgan. Chunki oldingi yili 1-yo‘nalishiga kichik miqdordagi tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lab o‘qilgan. Bu haqda imtihondan keyin mas’ul tashkilotlar ogohlantirish bermagani abituriyentlar noroziligiga sabab bo‘lgandi.
Mas’ul izohiga ko‘ra, bu yil bunday yangiliklar barvaqt e’lon qilinib, talabalarga tushuntirish berib boriladi. “Endi tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt masalasiga kelganda, talaba o‘qishga kirmaganidan keyin o‘sha balliga qarab turib, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lab o‘qiydi. Siz aytgandek, 2-yo‘nalishga kirib qolib, 1-yo‘nalishda o‘qimoqchi bo‘lsa, 1-yo‘nalishda o‘qiyman deydigan bo‘lsa, bu qo‘shimcha qilib berilgan tanlov edi, majburiy emas. Bizda bugungi kunda mana, mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib kvota shakllantirilyapti. Kvota bo‘lgani uchun biz ham bu kvotani buzib yubormasligimiz kerak”, – dedi u.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

14:49 / 24.06.2025
Birlamchi tibbiy yordam muassasalari uchun tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi tasdiqlandi

14:35 / 24.06.2025
Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi

13:14 / 24.06.2025
Milliy malaka tizimini tartibga solish bo‘yicha ayrim hujjatlar tasdiqlandi

11:12 / 19.06.2025