Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi
Birjada manipulyatsiya qilib, asossiz daromad olgani uchun “Bekobodsement”, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va “GTL Gas” MChJga chora ko‘rildi, deya ma’lum qildi Raqobat qo‘mitasi. Ular qancha miqdorda asossiz daromad olgani va qancha jarimaga tortilgani haqidagi Kun.uz savollariga javoban, qo‘mita bu tafsilotlar ochiqlanmasligini bildirdi.

Foto: Buxoro NQZ
Raqobat qo‘mitasi 2024 yildagi birja monitoringi natijalari haqida axborot berdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mita tomonidan o‘tgan yili 165 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilgani bo‘yicha 156 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.
Jumladan, 55 ta holatda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan narxlar sun’iy oshirilishi bilan bog‘liq manipulyatsiya harakatlari sodir etilgani va buning natijasida 77,7 mlrd so‘m mablag‘ asossiz olingani aniqlanib, bu mablag‘larni qaytarish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.
Shuningdek, 94 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektga “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga asosan moliyaviy jarimalar qo‘llangan.
Qo‘mita o‘z axborotida uchta korxonani misol qilib keltirgan:
- Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan “Bekobodsement” AJ yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi sement mahsulotini birja savdolariga qo‘ymasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan. Natijada, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilib, asossiz daromad olingan.
- “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ tomonidan ham manipulyatsiya harakatlari amalga oshirilib, asossiz daromad olingan.
- Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “GTL Gaz” MChJ ham manipulyatsiya holatlarini sodir etib, asossiz daromad olgani aniqlangan.
“Yuqoridagilarga ko‘ra, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi”, – deyiladi xabarda.
Kun.uz Raqobat qo‘mitasi axborot xizmatidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va GTL Gaz aynan qaysi mahsulotlar sotuvida manipulyatsiya qilib, qancha miqdorda asossiz daromad olgani va buning uchun ular qancha miqdorda jarimaga tortilgani haqida so‘radi.
Matbuot xizmatiga ko‘ra, qo‘mita mutaxassislari “to‘liq tafsilotlarni e’lon qilish maqsadga muvofiq emas” deb javob bergan.
“Chunki tadbirkorlik sub’yektlari qo‘mitadan o‘z faoliyatlari yuzasidan ko‘rib chiqilgan ishlarning ochiqlanmasligi va OAVda e’lon qilinmasligini so‘rashlari mumkin, bu taqiqlanmagan”, – deyiladi Raqobat qo‘mitasi javobida.
Ma’lumot uchun, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining savdolarga oid qismini buzganlik uchun savdolar predmeti boshlang‘ich narxining 3 foizi miqdorida jarima qo‘llanadi.
- Buxoro neftni qayta ishlash zavodi – “O‘zbekneftgaz”ga qarashli, O‘zbekistondagi eng yirik neft zavodi. Ichki bozorni benzin va dizel kabi neft mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
- “GTL Gaz” MChJ 2024 yil 24 iyunda ro‘yxatga olingan. Yoqilg‘i savdosi bilan shug‘ullanadi. Ustav fondi – 1 mln so‘m. Yagona ta’sischisi va rahbari sifatida Akbarov Mirtura Mirshavkatovich ko‘rsatilgan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

22:51 / 17.07.2025
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi

15:49 / 17.07.2025
“Farg‘onaazot” karbamid bozoridagi ustun mavqeni yo‘qotdi - Raqobat qo‘mitasi

14:18 / 17.07.2025
Raqobat qo‘mitasi 43 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini bekor qildi

20:58 / 15.07.2025