Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaman bo‘yicha chatdagi sizib chiqishdan keyin AQShda yangi jinoiy modda joriy etiladi
Axios: AQShda rasmiylar tomonidan maxfiy ma’lumotlarni chatda uzatish to‘g‘risidagi modda kiritiladi.

Foto: Globallookpress
Kongressdagi demokratlar Atlantic nashri bosh muharririga Yamanga zarba berishni muhokama qilgan yuqori lavozimli rasmiylar bo‘lgan chatga kirish imkoni taqdim etilgani tufayli messenjerlar orqali maxfiy ma’lumotlar uzatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni taklif qildi. Bu haqda Axios nashri yozmoqda.
Ushbu maqsadlarda tezkor messenjerlardan foydalanganlik uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 250 ming dollargacha jarima bilan jazolash taklif qilinmoqda.
«Men davlat xizmatchilari harbiy rejalar kabi maxfiy ma’lumotlarni himoyalanmagan xabar almashish ilovasida joylashtirishini jinoyat deb hisoblaydigan qonun loyihasini kiritmoqdaman», dedi kongressmen Richi Torres.
Avvalroq Mayk Uolts jurnalist Yamandagi zarbalar haqidagi Signal messenjeri chatiga qo‘shilgani uchun mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan edi. The Atlantic bosh muharriri Jyeffri Goldbergning maxfiy chatga qo‘shilishi katta janjalga sabab bo‘ldi. Sizib chiqish AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens, Pentagon rahbari Piter Xegset va Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts nomlari ostidagi akkauntlar ishtirokidagi «jozibali siyosiy munozara» tafsilotlarini oshkor qilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijon va Surxondaryoda coliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
-
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 09:56
-
Xorijliklarga safarbarlik davrida Rossiya QKda xizmat qilishga ruxsat berildi
Jahon | 09:44
-
Xitoy Guanchjou-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 09:35
Mavzuga oid

13:55 / 07.07.2025
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiychilar obektlariga zarba berdi

14:08 / 22.06.2025
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh kemalariga hujumlar uyushtirish niyatida

15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi

20:17 / 09.05.2025