Daniya tarixda ilk bor ayollarni harbiy xizmatga chaqirish boshlanadi
2025 yil 1 iyuldan Daniyada ayollarni ham harbiy xizmatga chaqirish yo‘lga qo‘yiladi. Agar o‘z ixtiyori bilan xizmat qiladigan ayollar soni yetarli bo‘lmasa, ular qur’a tashlash orqali armiyaga jalb etiladi.

Foto: Getty images
Daniyada 2025 yil 1 iyuldan boshlab nafaqat erkaklar, balki ayollar ham harbiy xizmatga chaqiriladi. Ushbu amaliyot rejadagidan ikki yil oldin boshlanmoqda, deydi mamlakat mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kopengagen «mudofaa siyosati va xavfsizlik sohasidagi hozirgi vaziyat» tufayli shu kabi qadamni tashlashga majbur bo‘lmoqda.
Ayollarni xizmatga chaqirish harbiy xizmat muddatini to‘rt oydan 11 oyga qadar oshirishni nazarda tutuvchi islohotlarning bir qismi hisoblanadi. Erkaklar singari, agar yetarli miqdorda ko‘ngillilar to‘planmasa, ayollarning harbiy xizmatga chaqirilishi ham yillik qur’a tashlash orqali hal qilinadi.
Daniyada ayollarni xizmatga chaqirish 2027 yildan boshlanishi kutilgan edi. Ammo mamlakat hukumati joriy yildan armiyada «erkaklar va ayollar o‘rtasida to‘liq tenglikni ta’minlash» uchun islohotlarni tezlashtirishga qaror qilgan.
Shu bilan birga, Daniya o‘zining mudofaa xarajatlarini ham oshiradi. Fevral oyida bosh vazir Mette Frederiksen 2025 yilda mamlakat armiya ehtiyojlari uchun qo‘shimcha 6,8 milliard yevro sarflashini ma’lum qilgandi. U «Rossiyaning tajovuzkor siyosatini» mamlakat uchun asosiy tahdid deb atagan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi

13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin

01:15 / 01.05.2025
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda

19:42 / 27.04.2025