Sport | 20:50 / 25.03.2025
19081
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2026 saralashi. Qirg‘iziston Qatarni mag‘lub etdi

Qirg‘izistonliklar bu g‘alaba evaziga guruh jadvalidagi o‘z holatini yaxshilash bilan birga, O‘zbekistonga ham yordam berib yubordi - endi Qatar amalda to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma uchun kurashdan chiqdi.

Osiyoda JCh-2026 saralash bosqichi 8-turi doirasidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tmoqda.

A guruhidagi dastlabki bahsda qo‘shni Qirg‘iziston milliy jamoasi Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etishga erishdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Kichinning jarima zarbasidan keyin to‘p hech kimga tegmasdan darvoza to‘riga borib tushib, hisob ochilgandi. 

Mehmonlar ikkinchi bo‘lim boshida burchak zarbasidan hisobni tenglashtirishdi, qirg‘izistonliklar darvozaboni Tokotayev to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va Lukas Mendesh bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Ammo aynan ushbu futbolchi o‘yin antiqahramoniga aylandi, u javob golini urganidan uch daqiqa o‘tib, 55-daqiqada qizil kartochka oldi va jamoasini qiyin ahvolda qoldirib ketdi.

Natijada bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynagan mezbonlar qolgan vaqt davomida ikkita gol urishdi va saralashdagi ikkinchi g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, bu natijadan keyin Qirg‘iziston jamoasi hisobidagi ochkolari sonini 6 taga yetkazdi va pley-off o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rin bilan oradagi farqni 4 ochkoga qisqartirdi.

Qatar esa 10 ochkosi bilan 4-o‘rinda qoldi va endi arablar jamoasi amalda jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma bilan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.

JCh-2026 saralashi. A guruhi. 8-tur

Qirg‘iziston – Qatar – 3:1
Gollar
: Kichin 45+1, Mishenko 82, Alimardon Shukurov 90+3 – Lukas Mendesh 52.
Chetlatish - Lukas Mendesh 55 (Qatar).

Nazvaniye

Mavzuga oid