66 mingdan ortiq holatda yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi aniqlandi
O‘zbekistonda 2024 yilda 66 109 ta holatda yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi aniqlangan.

Illyustrativ foto
Kadastr agentligi xabar berishicha, o‘tgan 2024 yil mobaynida Kadastr agentligi tomonidan olib boriladigan yer va kadastr nazorati yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 66 109 ta holatda 9 462,3 gektar yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.
41 972 ta holatda 4 472,2 gektar yerda qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.
Shuningdek, 21 459 ta holatda 4 654,1 gektar yerga da’vo arizalari kiritildi. 5 561 ta (1 144,5 gektar) da’vo arizalari sudlar tomonidan qanoatlantirildi va majburiy ijroga qaratildi.
2 146 ta holatda jinoyat alomatlari bo‘lgan materiallar prokuratura organlariga yuborildi, 41 708 ta shaxsga yerga oid huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari qo‘llandi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

12:52 / 24.06.2025
8 sotix yerni 130 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

11:32 / 23.06.2025
DXX Toshkent viloyatida kadastr xodimining noqonuniy harakatiga chek qo‘ydi

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

21:16 / 29.04.2025