Turkiya sudi Akrom Imomo‘g‘lini qamoqqa oldi
Bir kun oldin uni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilayotgan namoyishlarda 300 dan ortiq kishi qo‘lga olingandi.

Foto: Getty Images
23 mart kuni Istanbul sudi shahar meri Akrom Imomo‘g‘lini qamoqqa olishga sanksiya berdi.
Sud qaroriga ko‘ra, korrupsiyada ayblanayotgan Imomo‘g‘li ish bo‘yicha sud jarayoni tugaguniga qadar qamoqda saqlanadi.
«Bu qaror bizning sud tizimimiz uchun sharmandalikdir», – deya munosabat bildirdi Anqara shahri meri Mansur Yavosh.
Imomo‘g‘li qamoqqa olinishi butun Turkiya bo‘ylab uni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilayotgan namoyishlar fonida ro‘y berdi. Namoyishlar 19 martdan buyon davom etmoqda va uning ishtirokchilari qo‘lga olinmoqda. 22 mart kuni kechqurun Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya Istanbul va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlarida 323 kishi qo‘lga olingani haqida xabar bergandi.
Akrom Imomo‘g‘li — Jumhuriyat xalq partiyasi yetakchilaridan biri bo‘lib, bu partiya prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga muxolif sanaladi. 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida aynan u Erdo‘g‘anga raqib bo‘lishi kutilayotgandi.
U 2019 yilda Istanbul merligiga saylangandi. O‘shanda avvaliga Turkiya Markaziy saylov komissiyasi uning g‘alabasini bekor qilgandi, ammo takroriy saylovda u yanada katta farq bilan g‘alaba qozonadi. 2024 yilda u bu lavozimga qayta saylandi.
19 mart kuni ertalab Turkiya politsiyasi Akrom Imomo‘g‘li va yana 100 ga yaqin kishini, jumladan, Istanbul ma’muriyatining yuqori martabali xodimlarini, mer maslahatchisi Murat Ongunni hibsga olgandi. Shundan beri yuz minglab turklar asosan tinch namoyishlarda ko‘chalarga chiqmoqda.
Shuningdek, Istanbul universiteti Imomo‘g‘lining 1990 yilda Kipr shimolidagi xususiy universitetdan uning biznes boshqaruvi fakultetiga o‘tishida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni sabab qilib ko‘rsatib, diplomni bekor qildi. Turkiyada prezident saylovlarida nomzod bo‘lish uchun esa oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35
-
Havo sharlari yordamida Le-Burjye aviasaloni o‘tkazilishini buzmoqchi bo‘lgan faollar hibsga olindi
Jahon | 22:13
-
Isroil armiyasi Eronning 4 ta tumanidagi harbiy obektlarga hujum qildi
Jahon | 21:07
Mavzuga oid

12:42 / 21.06.2025
Turkiya yetakchisi Armaniston bosh vaziri bilan tarixiy uchrashuv o‘tkazdi

18:39 / 31.05.2025
Istanbul meriyasining 30 nafardan ortiq xodimi hibsga olindi

20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi

02:31 / 15.05.2025