Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Pasxagacha sulh bo‘yicha kelishuvga erishishga intilmoqda

Danylo Antoniuk / Anadolu / Getty Images
AQSh hali ham Rossiya-Ukraina urushida to‘liq yarashuvga bir necha hafta ichida erishish mumkinligiga umid qilmoqda, deb yozadi Bloomberg manbalarga tayanib.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy bu yil ham pravoslav, ham g‘arb cherkovlarida 20 aprelda nishonlanadigan Pasxa bayrami bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Shu bilan birga, nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Vashingtonda tomonlarning pozitsiyalaridagi «katta tafovutlar» tufayli muddatlar o‘zgarishi mumkinligini tushunishadi.
Hozir Rossiya hatto vaqtinchalik sulh uchun ham maksimalistik talablarni ilgari surmoqda – xususan, Ukrainaga qurol yetkazib berishni butunlay to‘xtatishni, deb eslatadi Bloomberg. Shu bilan birga, agentlik suhbatdoshlari aytishicha, AQSh hozircha Ukrainaga yordam bo‘yicha qandaydir cheklovlar qo‘yishga rozilik bermagan. Yevropadagilar prezident Donald Tramp diplomatik muvaffaqiyat uchun «Ukraina manfaatlarini qurbon qilishi» mumkinligidan xavotirda bo‘lsa-da, AQSh prezidenti har qanday kelishuv Kiyev uchun maqbul bo‘lishi lozimligini tushunadi va shuning uchun haddan tashqari yon berishga tayyor emas, deb ta’kidlaydi manbalar.
Shu bilan birga, Moskvada ham, Vashingtonda ham o‘t ochishni to‘xtatmasdan Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lishi mumkin emas.
Bugun va ertaga Saudiya Arabistonining Jidda shahrida amerikalik diplomatlarning Rossiya va Ukraina vakillari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tadi, ularda 30 kun davomida energetika obektlariga zarba berishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning texnik jihatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, tomonlar Qora dengizdagi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olishi mumkin.
AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog avvalroq bu har uch tomon ishtirok etadigan bilvosita muzokaralar bo‘lishini aytgandi – uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari bir joyda turli xonalarda bo‘ladi, AQSh vakillari esa ular o‘rtasida vositachilik qiladi.
Mart oyi o‘rtalarida, Putin va Trampning telefon orqali muloqotidan bir necha kun oldin, The Moscow Times gazetasining Rossiya hukumatidagi manbalari Kremlda Pasxa ikki prezident uchrashuvining eng ko‘p muhokama qilinadigan sanalaridan biri sifatida ko‘rilayotganini ma’lum qilgandi. Nashr suhbatdoshlari ta’kidlashicha, Moskvadagilar AQSh tomonidan ko‘proq yon bosishga erishish uchun uchrashuvni iloji boricha kechiktirishni afzal ko‘rishadi, ammo shu bilan birga, agar bu juda uzoq davom etsa, Vashington unga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotishi mumkinligidan xavotirlanadi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

07:53 / 19.07.2025
Rossiya va Ukraina yana halok bo‘lgan askarlar jasadini almashdi

07:29 / 19.07.2025
NATO: Patriot'ni Ukrainada tezkor joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

23:30 / 18.07.2025