Makron Ukraina ittifoqchilarining navbatdagi uchrashuvi haqida ma’lum qildi
Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammitidan so‘ng 27 mart kuni Parijda yig‘ilish o‘tkazishini ma’lum qildi. Gap Ukrainani qisqa muddatli qo‘llab-quvvatlash haqida boradi.

Foto: Geert Vanden Wijngaert/AP Photo/picture alliance
«Rossiya agressiyasidan himoyalanayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga tayyorlar» deb ataluvchi koalitsiyaning yig‘ilishi 27 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 21 mart, juma kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi va tadbirda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham ishtirok etishini bildirib o‘tdi.
«Men uchun payshanba (27 mart)dan maqsad, birinchi navbatda, Ukrainani qisqa muddatda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takroriy, aniq va ehtimol biroz aniqroq majburiyatga ega bo‘lish», dedi Makron Bryusseldagi YeI sammitidan so‘ng.
AFP agentligi eslatganidek, Fransiya va Buyuk Britaniya sulh tuzilsa, Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor. Shu bilan birga, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatgan taqdirda Ukrainaga NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan tinchlikparvar kuchlarni jo‘natishni nomaqbul deb bilishini bir necha bor ta’kidlagan. Germaniya hukumati esa bu masalani muhokama qilish vaqti hali kelmagan deb hisoblaydi.
Shols va Makron Ukrainaga keyingi harbiy yordamni va’da qilmoqda
Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uch yildan ortiq vaqtdan beri Rossiya agressiyasidan o‘zini himoya qilib kelayotgan Ukrainaga kelgusida harbiy yordam berishga va’da berdi. «Ukraina bizga tayanishi mumkin, Ukraina Yevropaga tayanishi mumkin, degan fikrda ikkalamiz ham birdekmiz», — dedi Shols 18 mart kuni Berlinda Makron bilan muzokaradan so‘ng.
Germaniya kansleri AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon suhbati natijalariga izoh berdi, uning davomida Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishdan bosh tortdi. Shols bu muzokaralar oxirida e’lon qilingan energiya infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatish «muhim birinchi qadam» bo‘lishi mumkinligini aytdi, ammo maqsad «to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish» bo‘lishi kerak. Makron, shuningdek, nazorat qilinishi mumkin bo‘lgan otashkesim zarurligini ta’kidladi. Bundan tashqari, Ukraina va Kiyevning tinchlik muzokaralarida ishtirok etishi uchun xavfsizlik kafolatlari zarur, deya qo‘shimcha qildi u. Olaf Shols uning nuqtayi nazarini qo‘llab-quvvatlab, «Ukraina ortidan» hech qanday qaror qabul qilmaslikka chaqirdi.
Emmanuel Makron Olaf Sholsni konservatorlar va sotsial-demokratlarning bo‘lajak hukumat koalitsiyasi tomonidan rejalashtirilgan ko‘p milliard yevrolik mudofaa va infratuzilma paketi bo‘yicha Bundestagdagi «tarixiy» ovoz berish bilan tabrikladi. Bu Germaniya va Yevropa uchun «yaxshi yangilik», deya qo‘shimcha qildi u.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaqin Sharqdagi vaziyat munosabati bilan eksportchilarga favqulodda yordam mexanizmi joriy qilindi
Iqtisodiyot | 14:39
-
Ohangaron shohko‘chasida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 14:38
-
Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zbekiston | 14:35
-
“Eng namunali yashil turizm obekti” tanlovi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:35
Mavzuga oid

13:06
Rossiya tunda 97 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi

10:02
Sumi viloyatida Rossiya hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

13:00 / 23.06.2025
Rossiyada ukrain tili maktab dasturidan chiqarib tashlandi

12:30 / 23.06.2025