Hibsga olingan Istanbul meri barcha ayblovlarni rad etdi
Korrupsiyada ayblanib hibsga olingan Istanbul meri Akrom Imomo‘g‘li uch soat davomida ko‘rsatma berdi.

Foto: Getty Images
Istanbul meri Akrom Imomo‘g‘li ko‘rsatma berish davomida barcha ayblovlarni rad etdi. SZV TV telekanalining ma’lum qilishicha, 22 mart, shanba kuni u sud qarshisida javob beradi.
19 mart kuni Turkiya politsiyasi Istanbul shahri meri Akrom Imomo‘g‘lini hibsga oldi. U korrupsiya va terrorchilar bilan hamkorlik qilishda ayblanmoqda.
«Ko‘rsatma berish jarayoni yakunlandi. Imomo‘g‘li uch soat ko‘rsatma berdi, barcha ayblovlarni rad etdi. Shanba kuni soat 21:00 da u sudga yuborilishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Akrom Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga izoh berib, muxolifatni vaziyatni siyosiylashtirishda ayblagan edi.
Akrom Imomo‘g‘li Jumhuriyat xalq partiyasidan «praymeriz»da (ichki saylov saylovlari) yagona nomzod edi, uni Turkiya prezidentiga asosiy raqib sifatida ko‘rishadi. Merning hibsga olinishi fonida mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar cheklandi, turk lirasi tarixiy minimumga qadar quladi. Manbalarga ko‘ra, hukumatning maqsadi — Istanbulni hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi nazorati ostiga qaytarish. Turkiyada ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

22:41 / 04.07.2025
Turkiya va Belgiya Ukraina uchun «dronlar koalitsiyasi»ga qo‘shildi

08:55 / 04.07.2025
O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi

21:28 / 03.07.2025
Turkiyada oqsim kasalligi tarqaldi

08:29 / 02.07.2025