Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budapeshtda O‘zbekiston va Vengriya hamkorligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
“Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi Samarqand sammiti arafasida” mavzusida tashkil etilgan tadbirda har ikki tomondan yetakchi ekspertlar, diplomatlar va olimlar qatnashdi.

Foto: Dunyo
Vengriya poytaxti Budapeshtda “Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi Samarqand sammiti arafasida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Tadbir O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi hamda Budapesht shahridagi Korvinest universiteti tadqiqot markazi hamkorligida o‘tkazilgan. Unda O‘zbekiston va Vengriyaning yetakchi ekspertlari, diplomatlari va olimlari, xususan, TIV Tashqi siyosat tadqiqotlari va xalqaro tashabbuslar markazi direktori Sanjar Valiyev hamda O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov qatnashgan.
Tadbir davomida “Global o‘zgarishlar va umumiy muammolar kontekstida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikni qayta ko‘rib chiqish” hamda “Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli loyihalari” mavzusidagi sessiyalar bo‘lib o‘tgan. Har ikkala sessiyada hamkorlikni chuqurlashtirishga e’tibor qaratilgan.
Bundan tashqari, muhokamalarda Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barqaror loyihalarni amalga oshirish uchun Yevropadan investitsiya va texnologiyalarni jalb qilishning qo‘shimcha imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
Tadbir 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti oldidan tashkil etildi. Sammit doirasida birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumi ham bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida ikki tomon o‘rtasida ilmiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31
-
Bolqon olov ichida qoldi
Jahon | 23:23
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:40
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11
Mavzuga oid

07:34 / 21.07.2025
Budapesht: Yevropa Ittifoqi budjetining 20 foizi Kiyevga ketadi

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

16:48 / 13.07.2025
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin

09:38 / 08.07.2025