Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google sun’iy intellekti «barcha kasalliklar muammosini hal qiladi»
Isomorphic Labs kompaniyasi sun’iy intellekt yordamida barcha kasalliklarga qarshi dori ishlab chiqarmoqchi.

Foto: Getty images
Alphabet korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Isomorphic Labs kompaniyasi sun’iy intellekt (SI) yordamida yaratilgan saratonga qarshi dorining birinchi klinik sinovlarini boshlashga tayyorlanmoqda. Kompaniyaning ulkan maqsadi - «barcha kasalliklar muammosini hal qilish».
Isomorphic Labs kompaniyasi Google DeepMind sun’iy intellekti muvaffaqiyati asosida tashkil etilgan. Ushbu sun’iy intellekt inson organizmidagi oqsillar shaklini aniq bashorat qila oladi - bu yangi dori vositalarini yaratishdagi hal qiluvchi qadamdir.
Odatda bir dorini ishlab chiqish 10-15 yil davom etadi va milliardlab dollarga tushadi. Isomorphic Labs kompaniyasi AlphaFold 3 yordamida jarayonni tezlashtirishni va’da qilmoqda, bu esa laboratoriya tadqiqotlari boshlanishidan oldin ham dori vositalarini raqamli «loyihalash»ga yordam beradi.
Kompaniya allaqachon Novartis va Eli Lilly farmatsevtika gigantlari bilan yirik shartnomalar tuzdi va o‘z dori vositalarini yaratish uchun 600 million dollar to‘pladi.
Biroq, bu muvaffaqiyatlar savollar tug‘diradi. Bunday dorilar hamyonbop bo‘ladimi? Agar SI xato qilsa, kim javobgar bo‘ladi? Bu savollarning barchasi hozircha ochiqligicha qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:19
-
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda
Jahon | 21:19
-
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi
Jamiyat | 20:44
-
O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:40
Mavzuga oid

18:30 / 27.07.2025
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

23:45 / 24.07.2025
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi

07:55 / 23.07.2025
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tartibi o‘zgardi

19:20 / 19.07.2025