Jahon | 21:52 / 22.03.2025
16684
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh bir kunda har biri besh million dollardan mingta «oltin karta» sotdi

«Oltin karta» xorijliklarga AQShda doimiy yashash huquqini beradi.

Foto: Mario Tama/Getty Images

AQSh Savdo vaziri Hovard Lyutnik bir kun ichida chet elliklarga mamlakatda doimiy yashash huquqini beruvchi 1000 ta «oltin karta»ni boy investorlarga sotganini aytdi.

«Aytgancha, men kecha mingta [Oltin karta] sotdim», dedi Lyutnik 20 mart kuni All-In Podcass podkastiga bergan intervyusida. Suhbat qaysi kuni yozib olingani aniq emas.

Savdo vaziri intervyuda dunyoda Qo‘shma Shtatlar «oltin karta» sotishi mumkin bo‘lgan 37 million odam borligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar «biror dahshatli ish qilsa» AQSh rasmiylari «oltin karta»ni egasidan olib qo‘yishi ham mumkin.

AQSh prezidenti Donald Tramp 25 fevral kuni mart oyida «oltin karta» dasturini ishga tushirilishini kutayotganini aytdi, bu dastur egalariga Qo‘shma Shtatlarda doimiy yashash huquqini va kelajakda Amerika fuqaroligini beradi. Bitta kartaning narxi, Trampning so‘zlariga ko‘ra, taxminan besh million dollarni tashkil qiladi. Trampning fikricha, AQSh bu kartalardan milliontani sotishi mumkin.

Mavzuga oid