Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Turkiya prezidentining fikricha, muxolifat kuchlari «o‘zlarining ichki mojarolarini» mamlakatning muhim muammosi sifatida taqdim etishga urinmoqda.

Foto: Anadolu
Turkiya muxolifati Istanbul meri Akrom Imomo‘g‘lining hibsga olinishini siyosiylashtirishga urinmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Milliy yig‘in deputatlari bilan o‘tkazilgan iftorlikda ma’lum qildi.
Respublika prezidenti Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga birinchi marta izoh berdi.
Erdo‘g‘anning fikricha, Turkiya muxolifat kuchlari «o‘zlarining ichki mojarolari yoki qonun bilan bog‘liq muammolarini» mamlakatning muhim muammosi sifatida taqdim etishga urinmoqda.
«Ular masalani siyosiylashtirishga urinmoqda. Muxolifat vakillari ushbu ish bo‘yicha ma’lumot va hujjatlarning katta qismi aynan ularning o‘z funksionerlari tomonidan sud organlariga taqdim etilganini biladi», — deydi Turkiya prezidenti.
Siyosatchi mamlakat hukumatining «muxolifat shousi» uchun vaqti yo‘qligini ta’kidladi.
19 mart kuni Turkiya politsiyasi Istanbul shahri meri Akrom Imomo‘g‘lini hibsga oldi. Shahar hokimidan tashqari uning matbuot kotibi, shuningdek, shahar ma’muriyatining yana 100 ga yaqin xodimi hibsga olingan. Siyosatchi o‘zining qo‘lga olinishiga izoh berarkan, taslim bo‘lmasligi va «kurashni davom ettirishini» ma’lum qilgan.
Imomo‘g‘li hibsga olinishi ortidan Turkiyada namoyishlar boshlandi. Istanbul viloyati gubernatorining keyingi to‘rt kun ichida ko‘chalarda aksiya o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i va shahar bo‘ylab ko‘p sonli politsiyachilar joylashtirilgani norozilik namoyishlari boshlanib ketishini to‘xtata olmadi. O‘z navbatida Yevropa davlatlari ham Istanbul meri qo‘lga olinganini qoralab chiqmoqda.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

10:31 / 25.06.2025
Erdo‘g‘an va Tramp yopiq uchrashuv o‘tkazdi

12:42 / 21.06.2025
Turkiya yetakchisi Armaniston bosh vaziri bilan tarixiy uchrashuv o‘tkazdi

14:09 / 16.06.2025
Erdo‘g‘an: Isroil G‘azodagi genotsiddan e’tiborni chalg‘itmoqchi

20:11 / 31.05.2025