Akmal Shukurov Qozog‘istondan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
Poytaxtdagi tungi klublardan birining oldida erkakka og‘ir tan jarohati yetkazgan Akmal Shukurov Qozog‘istondan ekstraditsiya qilindi. U bezorilik va qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda ayblanmoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati
Yakkasaroy tumanidagi «12» (Twelve) tungi klubi oldida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergovdan yashirinib kelgan Akmal Shukurov Qozog‘istondan Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
16 martga o‘tar kechasi «12» tungi klubi oldida ikki kishi — Akmal Shukurov va uning tanishi Xurshid A. o‘rtasida janjal kelib chiqqan va mushtlashuvga aylangan. Boris Avakyan ularni ajratmoqchi bo‘lgan, ammo boshidan ikki marta zarba yeb, hushidan ketgan. U «bosh suyagi jarohati, o‘ng yonoq terisining yirtilishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi Akmal Shukurov tergovdan yashiringan. Shu bois unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va 17 mart kuni u Qozog‘istonda qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) va 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayblov e’lon qilingan.
«Hozirda Akmal Shukurov Qozog‘istondan Toshkent shahriga ekstraditsiya qilingan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari to‘liq va xolisona olib borilib, qonun ustuvorligi va jinoyat uchun jazo muqarrarligi ta’minlanadi», — deyiladi IIBB xabarida.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
O‘zbekiston | 07:05
-
Toshkentda odamlardan intervyu olish bahonasida pul yig‘ib kelgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 07:01
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
Mavzuga oid

23:33 / 03.07.2025
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi

22:12 / 25.06.2025
Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

13:24 / 19.06.2025
Istanbulda qidiruvdagi ayol qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

12:25 / 11.06.2025