Koreyaning Ulsan shahar meriyasi orqali O‘zbekiston fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi
Ulsan shahar hokimligi tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Bitiruvchilar uch oylik kasbiy tayyorgarlik va til o‘rganish kurslarini tamomlagandan so‘ng mehnat vizasi olinadi va ishga joylashtiriladi. Bunday mexanizm pilot loyiha sifatida birinchi marta qo‘llanmoqda.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev va Koreyaning Ulsan shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi Koreya Respublikasi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Uchrashuvda kadrlar salohiyatini rivojlantirish, O‘zbekistondan mehnat resurslarini shahardagi yirik sanoat obektlariga jalb etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Kim Du Gyom Koreya Respublikasi tarixida ilk bor O‘zbekiston fuqarolariga shahar meriyasi orqali soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari ko‘zda tutilayotgani haqida xabar bergan.
Xususan, Ulsan shahar hokimligi tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Bitiruvchilar uch oylik kasbiy tayyorgarlik va til o‘rganish kurslarini tamomlagandan so‘ng mehnat vizasi olinadi va ishga joylashtiriladi. Bunday mexanizm pilot loyiha sifatida birinchi marta qo‘llanmoqda. Mer Kim Du Gyom agar natija ijobiy bo‘lsa, boshqa shaharlar ham O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu mexanizmni joriy etishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Koreya Respublikasi vakillari O‘zbekiston tomonining Ulsan korxonalarida O‘zbekiston fuqarolarini oilalari bilan birgalikda, agar ular noqonuniy holga kelib qolmagan bo‘lsa, tashkiliy ravishda ishga joylashtirish imkoniyati haqidagi so‘rovini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.
O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreya iqtisodiyotining sanoat va boshqa tarmoqlariga ishga jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan qator kelishuvlarga erishilgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

22:38 / 10.06.2025
“Yangi prezident mehnat immigratsiyasini kengaytirishi mumkin” - koreyalik professor bilan suhbat

09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi

10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi

15:44 / 05.02.2025