Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytariladi
Bolalarning oilaviy muhitga qaytishi uchun barcha zarur chora-tadbirlar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshiriladi.
17 mart kuni O‘zbekiston Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari xodimlari xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida xizmat safari bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi, deb xabar beradi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Qayd etilishicha, ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar, xususan, Atirau shahrida — 1 nafar, Olmaota shahrida — 8 nafar va Mang‘istov shahrida — 1 nafar bola davlat yordamiga muhtoj bo‘lib, ishchi guruh vakillari tomonidan ularni o‘z oilalari bag‘riga qaytarish rejalashtirilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi qaytarilayotgan bolalarning oilaviy muhitga qaytishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Avvalroq agentlik tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg, Astraxan, Volgograd, Irkutsk, Chelyabinsk, Vladivostok va Ulyanovsk shaharlarida, shuningdek, Moskva, Leningrad, Oryol, Smolensk va Vladimir oblastlarida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 30 nafar bolaning hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

13:22 / 11.06.2025
Qozog‘iston sobiq mudofaa vaziri qo‘lga olingani haqidagi xabarni rad etdi

17:12 / 09.06.2025
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

10:10 / 09.06.2025