O‘zbekiston va Qozog‘iston Orol dengizi qurigan tubida saksovul ekadi
Rasmiy Ostona va Toshkent hamkorlikda Qozog‘iston–O‘zbekiston chegarasi yaqinida Orol dengizining qurigan tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Kazinform xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bu haqda Qoraqalpog‘iston ekologiya vaziri Leyla Seitova ma’lum qilgan.
"Yurtimizga qozog‘istonlik hamkasblarimiz kelishdi, tajriba almashishdi. Ular Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan ishlar natijalarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Bugungi kunda, saksovul ekish usullarini takomillashtirish bo‘yicha Qozog‘iston bilan qo‘shma loyihalarimiz bor. Orolning yarmi qo‘shni davlatda, yarmi O‘zbekiston hududida joylashgan. Shunga ko‘ra, bizga Qozog‘iston bilan birgalikda chegara yaqinida saksovul ekish loyihasini ishlab chiqish va uni keyinchalik amalga oshirish vazifasi yuklatilgan", – degan Leyla Seitova Kazinform uchun intervyusida.
Uning aytishicha, dengizning qurishi oqibatlarini minimallashtirish va ekotizimning qolgan qismlarini saqlab qolish muhim.
Shuningdek, vazir Orolning qurigan tubini yashil maydonga aylantirish ishlari natija bera boshlaganiga alohida to‘xtalib o‘tgan.
"O‘zbekiston hududidagi Orol tubining 2 million gektarida saksovul ekilgan. Bu 2018 yilda boshlangan loyihadir. Bajarilgan ishlar yaxshi natijalar bera boshladi. Dastlab saksovul tuproqdan ko‘tariladigan tuz va changning 15-18 foizini ushlab turishi taxmin qilingan edi. Biroq, natija dastlabki hisob-kitoblardan oshib ketdi. Ya’ni, saksovul havoga ko‘tariladigan chang va tuzning qariyb 35-40 foizini ushlab turmoqda", deya qayd etida Leyla Seitova.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiyaga yangi zarbalar berilishi haqida ma’lum qildi
Jahon | 07:21
-
O‘zbekiston va Turkmaniston qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etadi
Jahon | 07:18
-
Isroil G‘azodagi tibbiy markazga havo hujumi uyushtirdi
Jahon | 07:09
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
Mavzuga oid

23:07 / 05.07.2025
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

16:00 / 04.07.2025
G‘arbiy Qozog‘istonda sayg‘oqlarni ovlash boshlandi

20:13 / 01.07.2025
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasida yuk mashinalari to‘planib qoldi

20:14 / 30.06.2025