Guliston IIB TB talabi bilan Sankt-Peterburgda hibsga olingan o‘zbekistonlik ayolni Rossiya prokuraturasi qo‘yib yubordi
Opa-singil o‘rtasidagi fuqarolik nizosi jinoyat ishiga aylantirilib, opaga qidiruv e’lon qilingan. Sankt-Peterburgda rasman mehnat faoliyatini olib borayotgan ayol mahalliy politsiya tomonidan ushlanib 66 kun davomida hibsda saqlangan.

Foto: saint-petersburg.ru
Guliston IIB TB talabi bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida hibsga olingan o‘zbekistonlik ayol Rossiya prokuraturasining qarori bilan qo‘yib yuborildi. Bu haqda ayolning o‘zi Kun.uz’ga ma’lum qildi.
U Kun.uz’ga taqdim etgan Rossiya huquq organi hujjatida keltirilishicha, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi O‘zbekistonning vakolatli organiga S.A.ni ekstraditsiya qilish (topshirish)ni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Shu sababli ayolni ekstraditsiya doirasida qamoqda saqlash zarurati yo‘qolgan va u 66 kunlik tutqunlikdan so‘ng 2025 yil 13 fevralda qo‘yib yuborilgan.
Ayol 2024 yil 12 dekabr kuni ishlab yurgan joyi – Sankt-Peterburg oblastining Smolenskiy rayonida ushlanib, politsiya hibsxonasiga joylashtirilgandi.
Nima bo‘lgandi?
Kun.uz surishtiruvida ma’lum bo‘lishicha, Guliston shahrida yashovchi ayol shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, “o‘ziga tegishli bo‘lgan, opasining nomidagi xonadon nomiga rasmiylashtirib berilmayotganini ma’lum qilib, ushbu xonadonni o‘zining nomiga rasmiylashtirib berishda amaliy yordam” so‘ragan.
IIB Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ayolga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanib, qidiruv e’lon qilinadi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

14:11 / 04.07.2025
Sankt-Peterburgda Bosh harbiy-dengiz paradi bekor qilindi

09:14 / 18.06.2025
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi

19:26 / 17.06.2025
Restorandagi “maska-shou”: Farg‘onaning amaldorlari u yerda nima qilyapti?

19:55 / 09.06.2025