Pavel Durovga Fransiyani tark etish uchun ruxsat berildi
Telegram asoschisi 2024 yil avgustda Parijda hibsga olinganidan so‘ng, mamlakatni tark etishi taqiqlangan edi.

Foto: lukomore.org/Global Look Press
Telegram asoschisi Pavel Durov sud ruxsati bilan Fransiyani tark etdi va Dubayga yo‘l oldi, deb xabar berdi AFP ma’lumotlariga tayanib RBK.
Durov 2024 yil avgustida Parijning Le Burjye aeroportida hibsga olindi. Da’volar Telegram moderatsiyasi va huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish bilan bog‘liq bo‘lib, oqibatda tadbirkor bolalar pornografiyasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni tarqatishda gumonlanuvchiga aylandi. U bir necha kun hibsda saqlandi, keyin 5 million yevro garov va haftasiga ikki marta politsiyaga xabar berish majburiyati evaziga qo‘yib yuborildi. Unga Fransiya hududini tark etish taqiqlandi. 2024 yilning noyabr oyidan boshlab Belgiya huquq-tartibot idoralari ham Durov ishi bo‘yicha tergovga qo‘shildi.
Parij prokurori Lor Bekko Durovga qarshi ishni kiberjinoyatlarga qarshi kurash nuqtai nazaridan namunali deb atadi va Telegram huquq-tartibot idoralarining so‘rovlariga, ayniqsa, bolalar pornografiyasiga oid so‘rovlarga javob bermaganini ta’kidladi. Tergov davomida Fransiya jandarmeriyasi 2013 yildan 2024 yilgacha Telegram huquq-tartibot organlarining so‘rovlariga javob bermagan 2400 dan ortiq holatni sanab o‘tdi.
Fevral oyi boshida Fransiya prokuraturasi Durovning ishi kamida bir yil davomida sudga yetkazilmasligini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi
Jahon | 23:50 / 02.07.2025
-
Andijonda profilaktika inspektori pichoqlandi, Qo‘yliq yo‘lida megatirbandlik yuzaga keldi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:39 / 02.07.2025
-
Ozarboyjon–Rossiya ziddiyatlari nimadan darak?
Jahon | 23:12 / 02.07.2025
-
Yevropa AQShning Kiyevga zenit raketalari yetkazib berishni to‘xtatish qaroridan «hayratga tushdi»
Jahon | 23:03 / 02.07.2025
Mavzuga oid

20:36 / 28.06.2025
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi

07:31 / 27.06.2025
Fransiya Isroil tomon yo‘l olgan Eronning 10 ga yaqin dronini yo‘q qilgan

13:41 / 26.06.2025
Fransiyaga to‘fon yopirildi. Halok bo‘lganlar bor

00:50 / 22.06.2025