Rossiya koloniyalaridagi xorijliklarning 70 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari
2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, qamoqlarda 30 mingdan ortiq xorijlik saqlanmoqda.

Foto: TASS
Rossiyadagi jazoni o‘tash muassasalarida chet elliklar soni o‘sdi. Bu haqda Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) rahbari Arkadiy Gostev ma’lum qildi.
2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, qamoqlarda 30 mingdan ortiq xorijlik bo‘lib, ularning 69,5 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolaridir.
«Umumiy taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, muassasalardagi operativ vaziyat murakkablashmoqda. Ba’zi holatlarda qochish va garovga olish kabi favqulodda vaziyatlarga aylanmoqda», dedi Gostev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada ekstremizm uchun qamalganlar soni ikki baravar ko‘paygan.
«Ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi mahkumlar sonining qisqarishi ularning jinoiy tarkibining o‘zgarishi bilan birga bo‘ldi. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun qamalganlar ulushi 88 foizgacha oshdi», dedi Gostev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «terroristik xarakterdagi jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotganlar, ayblanayotgan va sudlanganlar soni 45,5 foizga, ekstremistik xarakterdagi jinoyatlarni sodir etganlar 96 foizga, konstitutsiyaviy tuzum va xavfsizlik asoslariga qarshi jinoyat sodir etganlar 96 foizga oshgan».
Rossiya Ichki ishlar vazirligi 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida chet ellik migrantlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 2023 yilning shu davriga nisbatan 2,1 foizga kam jinoyat sodir etilgani haqida xabar bergan edi. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar soni 3,9 foizga, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish holatlari 11,1 foizga, qotilliklar va qotillikka suiqasdlar 4,5 foizga kamaygan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 18:33
-
Gretsiyaning Xios orolini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi - fotolar
Jahon | 18:29
-
Britaniyalik olimlar ichak tayoqchasini modifikatsiya qilib, plastmassani paratsetamolga aylantirdi
Jahon | 18:24
-
AQSh Oliy sudi migrantlarni uchinchi davlatlarga deportatsiya qilishga ruxsat berdi
Jahon | 17:41
Mavzuga oid

17:41
AQSh Oliy sudi migrantlarni uchinchi davlatlarga deportatsiya qilishga ruxsat berdi

16:21
Putinning NATO bilan ehtimoliy urushi dunyoga 1,5 trillion dollarga tushishi mumkin – OAV

13:06
Rossiya tunda 97 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi

11:12