IIV va Bosh prokuratura Qizil kitobga kiritilgan oqqushni o‘ldirgan shaxsni qidirmoqda

Foto: Instagram
Joriy yilning 26-27 noyabr kunlari ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Instagram’da foydalanuvchi gafurovskiy.95 tomonidan fotosurat e'lon qilindi. Unda yosh yigit o‘ldirilgan tulki va vishildoq oqqushni qo‘lida ushlab turgani, yerda esa uchta kaptar va quyon yotganini ko‘rish mumkin.
«Suratga ko‘ra, barcha hayvonlar va qushlar o‘ldirilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, vishildoq oqqush ham O‘zbekiston Qizil kitobiga, ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan», - deya xabar bergan Ekologiya qo‘mitasi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, hayvonot olamiga yetkazilgan umumiy zarar 12 million so‘mdan oshadi.
Suratdagi yigitning shaxsini aniqlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish uchun barcha mavjud ma'lumotlar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan fotosurat Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborildi.
Ushbu holat Ekologiya qo‘mitasi nazorati ostiga olingan. Keyingi barcha ma'lumotlar qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e'lon qilinishi aytiladi.
Bundan oldin, Qashqadaryoda qo‘ng‘ir ayiqning o‘ldirilishi bo‘yicha tafsilotlar ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

14:58 / 13.03.2025
AQShda oqqush gavjum shossega yugurib chiqib, avtomobillar harakatini deyarli to‘xtatib qo‘ydi (video)

13:52 / 02.03.2025
Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro ushlandi

21:13 / 31.10.2024
Tipratikan yo‘qolib ketish arafasidagi tur sifatida Qizil kitobga kiritildi

13:08 / 05.09.2024