Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, opa-singilning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi uzoq muddatga qamaldi
Baxmal tumanida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 4 va 13 yoshli opa-singil mast haydovchi boshqaruvidagi Cobalt urib ketishi oqibatida voqea joyida jon bergan. Sud haydovchiga 3 yil mashina boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 9,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.

Foto: Videodan kadr
Jizzax viloyatining Baxmal tumanida ikki nafar qizni urib yuborib, ularning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida xabar berildi.
YTH 2024 yilning 18 noyabr kuni soat 19:30 atrofida G‘allaorol-Baxmal-Supa-Zomin yo‘lida sodir bo‘lgan. 33 yoshli A.O. Cobalt mashinasini boshqarib kelayotib yo‘lning belgilangan joyidan kesib o‘tayotgan piyodalar — 13 yoshli I.M. va 4 yoshli I.K.ni urib yuborgan. So‘ngra hodisa joyidan yashiringan. YTH oqibatida opa-singil voqea joyida vafot etgan.
Haydovchi sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, qilmishidan pushaymonligini aytgan. Sud hukmi bilan haydovchiga 3 yil mashina boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 9,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun erkakdan 145 mln so‘m undirilishi belgilangan.
Kun.uz surishtiruvida mazkur YTH guvohlari haydovchi mast holda boshqa bir avtomobil bilan poyga o‘ynaganini, hodisa vaqtida uning tezligi soatiga 130 km chamasida bo‘lganini aytishgandi.
Piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan qizlarning yonida yana bir bola bo‘lgan. U mashina yuqori tezlikda kelayotganini payqab, oldinga harakatlangan holda Cobalt urib ketishidan omon qolgan.
“Tog‘amning bolalari edi. Bular oilada uch farzand, eng kichigi qizaloq. Do‘konga bordik. Men ichkariga kirmay, tashqarida qoldim, qaytayotganda esa ularga yetolmay qoldim. Ikki singlim bilan ukam yo‘lning o‘rtasiga o‘tib ketishdi. Ukam mashinani ko‘rib qolib, qochishga ulgurgan.
Mashina o‘ta yuqori tezlikda kelayotgandi. Ko‘zimni ochib-yumgunimcha singillarimni mashina urib ketdi. Katta singlim ariqqa tushdi, kichigi do‘kon tomonga uchib ketdi. Katta singlimni ariq ichidan chiqarib olishga harakat qildim, kuchim yetmadi. Keyin kichkinasining oldiga bordim, u hali nafas olayotgandi”, degandi marhumalarning qarindoshi.
Qizaloqlarning otasi ham 2020 yilda shu kabi YTHda vafot etgan bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni sharhlab, haqoratli so‘zlarni ishlatdi
Jahon | 20:50
-
Armaniston bosh vaziri Pashinyan davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 20:46
-
Nodavlat OTMlarda qabul yilda ikki marta o‘tkazilishi mumkin
O‘zbekiston | 19:47
-
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida qo‘shma deklaratsiya imzolandi
O‘zbekiston | 19:42
Mavzuga oid

11:26
Qibrayda yo‘lovchi tashuvchi avtobus YTHga uchradi

20:28 / 18.06.2025
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

11:22 / 18.06.2025
Urgutda sud raisi YTH qurboni bo‘ldi

18:12 / 15.06.2025