Iqtisodiyot | 00:30 / 08.03.2025
8824
2 daqiqa o‘qiladi

Boyligi 100 mln dollardan ortiq odamlar soni ilk bor 100 ming kishidan oshdi

Shu bilan birga, 2024 yilda dunyoda dollardagi milliarderlar soni 8 foizga oshib, yangi rekord o‘rnatgan.

Foto: Depositphotos

Dunyoda 2024 yil davomida boyligi 10 million dollardan ortiq insonlar soni 4,4 foizga oshib, 2,34 million kishiga yetdi. Bu haqda Knight Frank kompaniyasining Wealth Report hisobotida so‘z boradi.

Multimillionerlar sonining eng katta o‘sishi Shimoliy Amerikada qayd etilgan — 5,2 foiz. AQShda hozirda boyligi 10 million dollardan oshadigan dunyodagi barcha insonlarning qariyb 40 foizi istiqomat qiladi — bu Xitoydan ikki barobar ko‘p demak.

Shu bilan birga, hujjatda qayd etilishicha, boyligi 100 million dollardan ortiq insonlar soni ilk bor 100 ming kishidan oshgan. Hisobotga ko‘ra, dunyoda dollardagi milliarderlar soni 8 foizga oshib, yangi rekord o‘rnatgan. O‘tgan bir yil ichida dunyoda yangi 204 nafar milliarder paydo bo‘lgan.

Fevral oyida The Wall Street Journal Altrata tahliliy kompaniyasining supermilliarderlar reytingini e’lon qilgandi. Ro‘yxatdan boyligi 50 milliard dollardan oshadigan 24 kishi o‘rin olgan. Ularning umumiy kapitali 3,3 trillion dollarga baholangan bo‘lib, bu Fransiya YaIMga teng.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabrida The Guardian amerikalik tadbirkor Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi dollardagi trillionerga aylanishi mumkinligi haqida yozgandi.

Mavzuga oid