Tramp Rossiyaga muzokaralardan bosh torsa «jiddiy sanksiyalar» bilan tahdid qildi
AQSh rahbari Rossiyani o‘t ochishni to‘xtatish va yakuniy tinchlik kelishuviga erishishga chaqirdi.

Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Rossiyaga qarshi «jiddiy sanksiyalar» joriy etishga va’da berdi. Ushbu cheklovlar Ukrainada o‘t ochishni butunlay to‘xtatilishiga qadar amalda bo‘ladi.
«Rossiya Ukrainani jang maydonida mutlaqo „parchalayapti“ degan haqiqatdan kelib chiqib, men Rossiyaga qarshi yirik bank sanksiyalari, cheklovlar va tariflarni qo‘llashni qat’iy ko‘rib chiqyapman, toki o‘t ochishni to‘xtatish va yakuniy tinchlik kelishuviga erishilgunga qadar. Rossiya va Ukraina, juda kech bo‘lmasdan, hozir muzokara stoliga o‘tiring. Rahmat!!!», deb yozdi Tramp.
Tramp saylovoldi tashviqoti davomida «24 soat ichida tinchlikka erishish» rejalarini ko‘p marta e’lon qilgan, biroq lavozimga kirishganidan so‘ng, muhim natijalarga erisha olmadi. Bundan tashqari, uning ma’muriyati tomonidan ko‘rilgan choralar asosan Ukrainaga bosim o‘tkazish, jumladan, u bilan razvedka ma’lumotlarini almashishdan bosh tortish va harbiy yordamni muzlatish bilan cheklandi. Trampning maxsus vakili Kit Kellogg bu Ukrainani Rossiya bilan muzokara olib borishga majbur qilishi kerakligini to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’kidladi.
AQSh Ukrainaga qilgan tajovuzi uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni 2014 yilda joriy etgan. Hozir cheklovlar ro‘yxatida Rossiyaning yuzlab fuqarolari va kompaniyalari bor. Shuningdek, Bayden ma’muriyati tomonidan kiritilgan sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya neftini tashuvchi 161 tanker kiritilgan.
Avvalroq, Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar samarali emasligini aytgan edi.
«Ular 10 ballik tizim bo‘yicha 6 ball darajasida. Lekin ularning amalga oshirilishi 3 ball darajasida. Iqtisodiyotga zarba beradigan sanksiyalar kerak. Biz buni Eron bilan o‘tmishda qilganmiz, biz bu mamlakatni chindan ham sindirgan sanksiyalarni qo‘yganmiz», deb ta’kidladi u.
Mavzuga oid

22:00
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37