SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
Uchirishdan yarim soat o‘tgach, Starship raketasining ikkinchi pog‘onasi ustidan nazorat yo‘qolgan. U atmosferaga nazoratsiz kirdi va ehtimol Hind okeani ustida parchalanib ketgan.

Foto: Sergio Flores/AFP
Amerikalik multimilliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Starship raketasi to‘qqizinchi sinov parvozi chog‘ida parchalanib ketdi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi 28 may, chorshanbaga o‘tar kechasi X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Sinov parvozi unchalik hayajonli bo‘lmaganidek, Starship tez va rejalashtirilmagan tarzda parchalanib ketdi. Jamoalar ma’lumotlarni o‘rganishda va navbatdagi sinov parvozi ustida ishlashda davom etadi», deyiladi postda.
Raketa-tashuvchi 27 may kuni Sharqiy vaqt bilan 19:36 da (28 may kuni Toshkent vaqti bilan 04:36) Texasdagi Starbase kosmodromidan havoga ko‘tarildi. Uchirishdan taxminan yarim soat o‘tgach, Starship ikkinchi pog‘onasi ustidan nazorat yo‘qoldi. AFP agentligi xabariga ko‘ra, raketa atmosferaga nazoratsiz kirgan, shundan so‘ng yonib, Hind okeani uzra parchalanib ketgan. SpaceX ma’lumotlariga ko‘ra, hodisaga yonilg‘i sizib chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Starship kosmik kemasining balandligi 123 metrni tashkil qiladi. Bugungi kunga kelib, u eng katta va eng kuchli kosmik raketa hisoblanadi, deya qayd etadi AFP. SpaceX Starship'ni qayta foydalanish mumkin bo‘lgan raketaga aylantirish maqsadini ko‘zlamoqda, bu esa kosmik parvozlar xarajatlarini sezilarli darajada tejaydi. SpaceX bosh direktori Ilon Mask Starship 2026 yilda Marsga ucha olishiga umid qilmoqda.
Starship'ning avvalgi sakkizta sinovidan to‘rttasi portlash bilan yakunlangan. Xususan, raketaning yuqori pog‘onasi mart oyida portlagan. O‘shanda uning qoldiqlari Bahama orollari ustiga qulagan. Yanvar oyi o‘rtalarida xuddi shunday hodisa natijasida vayronalar Karib dengizidagi Terks va Kaykos orollariga tushgan, deb eslaydi AFP.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 24.06.2025
-
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston | 23:30 / 24.06.2025
-
Urush kundaligi: Isroil vayronalari
Jahon | 23:23 / 24.06.2025
-
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi
Jahon | 23:12 / 24.06.2025
Mavzuga oid

12:28 / 22.06.2025
Neuralink chipi o‘rnatilgan erkak bir haftada fikr kuchi orqali videoo‘yin o‘ynashni o‘rganib oldi

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

21:25 / 10.06.2025
Xitoyda raketa yordamida tovarlarni yetkazib berish texnologiyasi sinovdan o‘tkazildi

18:40 / 09.06.2025