Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi
Unga 1,1 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llangan. Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilingan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 25-sonli davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarni kaltaklagani aniqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda tarbiyachi, dastlab, bolalarga baqirgani, so‘ngra ulardan bir nechtasining boshiga urgani va siltaganini ko‘rish mumkin.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat 14 fevral kuni sodir bo‘lgani, tarbiyalanuvchiga qo‘l ko‘targan tarbiyachi G. A.ning ishi jinoyat ishlar bo‘yicha Jomboy tuman sudida ko‘rib chiqilgan.
Tarbiyachiga bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari (1 mln 100 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llangan. U bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilingan.
Bundan oldinroq, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi bolalarni qo‘li va gimnastika tayoqchasi bilan urgani, shu bog‘chaning boshqa tarbiyachisi ham bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani xabar qilingandi.
Shuningdek, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Tanzilandiya» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari tomonidan ushbu tashkilot tarbiyalanuvchilariga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgani, Yunusobod tumanidagi «First Daycare» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi va tarbiyachi yordamchisining bolalardan birini ovqat yemagani uchun stulga skotchlab qo‘ygani ma’lum bo‘lgandi.
Sergeli tumanidagi xususiy bog‘chada esa tarbiyachi yordamchisi go‘yoki xarxasha qilayotgan bolani kaltaklagan, so‘ngra uni ko‘tarib boshqa xonaga olib chiqayotganida bolaning oyog‘i singandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025