Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Zelenskiyni Tramp bilan «yarashish»ga chaqirdi
Mark Ryutte fikriga ko‘ra, «prezident Trampning Ukraina uchun qilgan ishlarini hurmat etish kerak».

Foto: AFP
NATO bosh kotibi Mark Ryutte BBC bilan suhbatda Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi kechagi kelishmovchilikni «afsuslanarli» deb atadi. U Ukraina prezidentiga Oq uy bilan munosabatlarni tiklash kerakligini aytdi.
«Prezident Zelenskiy bilan allaqachon ikki marta telefonda gaplashdim. Unga Ukrainani mustahkam tinchlikka olib borish uchun AQSh ham, Ukraina ham, Yevropa ham birgalikda bo‘lishi kerakligini aytdim», dedi Ryutte.
NATO bosh kotibi Ukraina prezidenti bilan suhbatlarning barcha tafsilotlarini oshkor etolmasligini, ammo unga «prezident Trampning Ukraina uchun qilgan ishlarini hurmat etish kerakligini tushuntirganini» ta’kidladi. Jumladan, 2018 yilda Trampning birinchi prezidentlik davrida AQSh tomonidan Kiyevga yetkazilgan tankka qarshi Javelin raketalarini eslatdi.
Ryutte, shuningdek, AQSh prezidenti Ukrainada barqaror tinchlik o‘rnatilishini xohlayotganini ta’kidladi, biroq ayni paytda Oq uy NATO bo‘yicha Kanada va yevropalik hamkorlaridan mudofaa uchun ko‘proq mablag‘ sarflashini kutmoqda.
«Ishonchim komil, AQSh Ukrainani barqaror tinchlik sari yetaklamoqchi... Lekin buning uchun ular hammamiz birgalikda ishlayotganimizga ishonch hosil qilishi kerak. Prezident Zelenskiy Amerika prezidenti va Amerika oliy rahbariyati bilan munosabatlarini qayta tiklash yo‘lini topishi muhim», dedi NATO bosh kotibi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00
-
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi
Iqtisodiyot | 21:57
-
Oq uyning kadrlar bo‘yicha direktori Serxio Gor Toshkentda tug‘ilgan - OCCRP
Jahon | 21:54
-
Eron Xitoydan havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi - OAV
Jahon | 21:29
Mavzuga oid

18:40
Dronlar hujumi natijasida Rossiya qancha yo‘qotmoqda va bu Ukrainaning o‘ziga qanchaga tushmoqda?

15:15
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV

13:45
Latviya Germaniyaning YeI va NATOdagi roli kuchayganini olqishladi

11:31