AQSh Tramp talablari bajarilmasa, Meksikaga «harbiy harakatlar» bilan tahdid qildi
AQSh Meksika rahbariyatidan narkokartellar bilan «aloqani uzishni» talab qilmoqda.

Foto: ZUMA Press
Pentagon rahbari Pit Hegset Meksikaning oliy harbiy rahbarlari bilan muzokaralar chog‘ida AQSh prezidenti Donald Tramp talablarini bajarishga chaqirdi.
Jumladan, agar Meksika hukumati narkokartellar bilan «kelishuv»ni bartaraf qilmasa, AQSh harbiylari «bir tomonlama chora ko‘rishi»ni aytdi.
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, suhbat 31 yanvar kuni o‘tkazilgan va Pentagonning yangi rahbari va Meksika harbiy qo‘mondonligi o‘rtasidagi ilk rasmiy aloqa bo‘lgan.
WSJ manbalarining ta’kidlashicha, Meksika oliy rahbariyati Xegset so‘zlarining ohangidan «hayratda va g‘azabda» qolgan, chunki ular buni mamlakat hududida to‘liq miqyosli harbiy harakatlar boshlash tahdidi sifatida qabul qilgan.
Meksika hukumatining narkokartellar bilan aloqalari korrupsiya, zo‘ravonlik va siyosiy beqarorlikni o‘z ichiga olgan murakkab va ko‘p qatlamli muammodir. Meksika o‘nlab yillar davomida giyohvand kartellari bilan kurashib kelmoqda, biroq ko‘p holatlar korrupsiyaga botgan amaldorlar va xavfsizlik kuchlarining jinoiy guruhlar bilan hamkorlik qilgani yoki ularning faoliyatiga ko‘z yumayotganini ko‘rsatadi.
Ko‘plab politsiyachilar, harbiylar va hatto huquq-tartibot idoralari xodimlarining kartellar bilan aloqasi borligi aniqlangan. Kartellar siyosatchilarning saylov kampaniyalarini himoya qilish yoki «aralashmaslik» evaziga moliyalashtiradi. Ba’zi hududlarda kartellar aslida mahalliy hokimiyatlarni nazorat qiladi va amaldorlarga bosim o‘tkazadi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

23:34 / 04.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi

18:50 / 04.07.2025
AQSh savdo bitimini tuzmagan davlatlarga ogohlantiruvchi xat yuborishni boshladi

13:56 / 04.07.2025
AQSh Kongressi Trampning «katta ajoyib» qonun loyihasini qabul qildi

10:26 / 04.07.2025