Meksika narkobaron Rafael Karo Kinteroni AQShga ekstraditsiya qildi
U Qo‘shma Shtatlarga ko‘p miqdorda kokain, metamfetamin, fentanil va geroinni olib kirganlikda ayblanmoqda.

Foto: Reuters
Meksika «Gvadalaxara karteli» asoschisi sanalgan narkobaron Rafael Karo Kinteroni AQShga ekstraditsiya qildi. U bilan birga Meksikaning turli qamoqxonalarida saqlangan kartelning 28 nafar a’zosi ham ekstraditsiya qilindi. Ekstraditsiya qilinganlar orasida 2022 yilda Shimoliy Karolina sherifi o‘rinbosarining o‘ldirilishiga aloqador bo‘lgan Martin Sotelo ham bor.
«Ushbu shaxslar Qo‘shma Shtatlarga ko‘p miqdorda zaharli moddalar, jumladan, kokain, metamfetamin, fentanil va geroinni olib kirishda hamda ular bilan bog‘liq zo‘ravonlik harakatlarini sodir etganlikda ayblanmoqda», deyiladi AQSh Adliya vazirligi bayonotida.
Kintero 1985 yilda AQSh Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi maxsus agenti Enrike Kamarena Salazarni o‘g‘irlash, qiynoqqa solish va o‘ldirishni uyushtirganlikda ayblanib, 40 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Narkobaron 28 yilni panjara ortida o‘tkazgandan so‘ng 2013 yilda ozodlikka chiqarildi. Keyinroq Meksika Oliy sudi ozod qilish haqidagi qarorni bekor qildi.
AQSh FTB ma’lumotlariga ko‘ra, qamoqxonani tark etgach, Kintero «Sinaloa karteli» rahbarlaridan biriga aylandi. 2022 yil iyul oyida narkobaron Meksika harbiy-dengiz kuchlarining operatsiyasida qo‘lga olindi. Jarayon paytida harbiy vertolyot halokatida 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan edi.
Rafael Karo Kintero 2018 yilda Netflix tomonidan namoyish etilgan «Narko» seriali qahramonlaridan biri.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

21:06 / 03.06.2025
Eron uranni boyitishni taqiqlashni «qizil chiziq» deb atadi

20:04 / 03.06.2025
AQSh Suriyadagi 7 ta harbiy bazasini yopadi

18:09 / 03.06.2025
Ukrainaning «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi Kremlda «g‘azab va xavotirga» sabab bo‘ldi

16:45 / 03.06.2025