Jinoyat protsessi ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish ta’minlash tartibi tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi” to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan biryo‘la beriladigan nafaqani tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ etib belgilandi.
Quyidagilar himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llashga asos bo‘ladi:
➖halok bo‘lganligi (vafot etganligi);
➖unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligi;
➖unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligi;
➖mulkiy zarar yetkazilganligi.
Biryo‘la beriladigan nafaqaning miqdori quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
▪️ shaxs vafot etganda uning oila a’zolari har biriga teng ulushda - BHMning 100 baravari miqdorida;
▪️ shaxsga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganda, nogironlik guruhiga ko‘ra:
- I guruh - BHMning 80 baravari miqdorida;
- II guruh - BHMning 70 baravari miqdorida;
- III guruh - BHMning 50 baravari miqdorida.
▪️ nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganda yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganda esa, sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi asosida:
- og‘ir daraja - BHMning 35 baravari miqdorida;
- o‘rta daraja - BHMning 35 baravari miqdorida;
- sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan yengil daraja - BHMning 25 baravari miqdorida.
Ijtimoiy himoya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) uni ta’minlovchi organ tomonidan uni olgan kundan boshlab, 10 sutka ichida ijro etilishi lozim.
Biryo‘la beriladigan nafaqa soliqqa tortilmaydi va undan ushlab qolishlar amalga oshirilmaydi.
Ushbu qaror 2025 yil 1 apreldan e’tiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi
Jahon | 14:13
-
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi
Jahon | 13:22
-
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda
O‘zbekiston | 12:48
-
Tramp tug‘ilgan kunida Vashingtonda harbiy parad o‘tkazdi. Mamlakat bo‘ylab ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
Jahon | 12:36
Mavzuga oid

11:45 / 04.06.2025
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025