Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi.

Foto: Getty images
Buxoro viloyati IIB xabar berishicha, G‘ijduvon tumanining Soktari mahallasida ro‘yxatda turuvchi N.N. Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergovdan yashiringani uchun G‘ijduvon tumani IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan.
IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida u Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi va tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
Jinoyat kodeksining 105-moddasi qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatini nazarda tutadi.
Mavzuga oid

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:28 / 05.04.2025
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

00:50 / 05.04.2025