YeChL qur’asi: «Liverpul»ga «PSJ» raqib va Madrid derbisi
Finalga qadar yo‘lda «Real» va «Barselona»ning yo‘li kesishmaydi.

Foto: Kristian Skeie - UEFA/UEFA via Getty Images
21 fevral kuni Chempionlar ligasi 2024/2025 yillar mavsumi 1/8 finali uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Natijada quyidagi juftliklar hosil bo‘ldi:
«PSJ» — «Liverpul»
«Benfika» — «Barselona»
PSV — «Arsenal»
«Feyyenoord» — «Inter»
«Real» — «Atletiko»
«Bavariya» — «Bayyer»
«Bryugge» — «Aston Villa»
«Borussiya» — «Lill».
Jamoalar hozirning o‘zidayoq keyingi bosqichlardagi ehtimoliy raqiblarini bilishadi. Ya’ni, turnirda boshqa qur’a tashlanmaydi va jamoalar pley-off setkasi bo‘ylab harakatlanishadi. Masalan, agar «Arsenal» bu bosqichdan o‘tsa, chorak finalda «Real» yoki «Atletiko»dan biriga raqib bo‘ladi. Jamoa finalgacha «Barselona», «Bavariya» va «Inter» kabi jamoalar bilan to‘qnashmaydi, lekin keyingi bosqichlarda «Real» va «Atletiko»dan tashqari «Liverpul» va «PSJ» kabi favoritlardan biri ham raqib bo‘lishi mumkin.
Finalga qadar yo‘lda «Real» va «Barselona»ning yo‘li kesishmaydi.
1/8 finalning ilk o‘yinlari 4 mart kuni o‘tkaziladi. Javob uchrashuvlari 11 martga belgilangan. Turnir finaliga 31 may kuni Myunxen mezbonlik qiladi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi – Madridning «Real» klubi hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida «qaymoqranglilar» Dortmundning «Borussiya» klubini yenggandi (2:0).
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘arbiy Qozog‘istonda sayg‘oqlarni ovlash boshlandi
Jahon | 16:00
-
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 15:34
-
Estoniyada ikki moldovalik diversiya uchun qamaldi
Jahon | 15:24
-
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun taksi va kuriyerlik sohasida ishlash taqiqlanmaydigan bo‘ldi
Jahon | 15:12
Mavzuga oid

20:31 / 16.04.2025
«Butun dunyo o‘yin tugadi, deb o‘ylagandi». «Real»ning YeChL pley-offlaridagi 5 ta kambeki

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

16:14 / 19.09.2024
YeChL evolyutsiyasi - «mitti yulduzlar» dunyo futbolini qay tariqa zabt etgani haqida

14:32 / 17.09.2024