Komil Allamjonovning yordamchilari Oliy sudda oqlandi
Suiqasddan keyin ma’muriy huquqbuzarlikda ayblanib 15 sutkaga qamoqqa olingan fuqarolarga nisbatan ma’muriy ish huquqbuzarlik alomati yo‘qligi sababli tugatildi. Ish yuzasidan dalillarni to‘plamagan IIB xodimi va bunga e’tibor bermagan sudyalarga nisbatan ham xususiy ajrimlar chiqarilgan.

Foto: Kun.uz
Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasddan keyin qamoqqa olingan uning atrofidagi shaxslarga qo‘yilgan ma’muriy ayblovlar olib tashlandi.
7 nafar fuqaro mayda bezorilik va ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslikda ayblanib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Advokatga ko‘ra, ular asossiz ravishda qamalgan, ayblilikni isbotlovchi dalillar yo‘q va ishni ko‘rishda ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Bu ishni Oliy sudda taftish tartibida ko‘rish 21 fevral kuni yakunlanib, sud qarori e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillar yetarli bo‘lmagani sababli B.Yoqubov, S.Siddiqov, A.Qurbonmurodov, A.Tashov, A.Salimov, J.Turg‘unov va X.Zufarovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari bekor qilinib, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish MJtKning 271-moddasi 1-bandiga asosan tugatildi.
“Ish yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib borishda huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillarni to‘plash choralarini ko‘rmagan IIB xodimiga nisbatan Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek ishni sudda ko‘rib chiqishda huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillar yetarli emasligiga e’tibor bermagan sudyalarga nisbatan Sudyalar malaka hay’atiga xususiy ajrimlar chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirildi”, – deyiladi Oliy sud axborotida.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mers: Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak
Jahon | 15:42
-
Yo‘llardagi kameralar faqat jarima yozishi emas, transport oqimini boshqarishi kerak – prezident
O‘zbekiston | 14:52
-
Axios: Isroil AQShni Eron bilan urushga qo‘shilishga chaqirmoqda
Jahon | 14:48
-
Alshaya Group O‘zbekistonda ilk savdo nuqtalarini ishga tushiradi
O‘zbekiston | 14:33
Mavzuga oid

09:15 / 15.06.2025
Propiska mashmashasi, “sud-pud demaydigan” hokim va Rossiyaga nota - hafta dayjesti

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

12:34 / 12.06.2025