Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada bir vaqtda 4500 ta asalari chaqqan o‘smirning hayoti saqlab qolindi
14 yoshli bola to‘p bilan o‘ynayotganida tasodifan asalari uyasiga shikast yetkazgan. Natijada hasharotlar unga hujum qilgan.

Foto: AP
Braziliyada 14 yoshli maktab o‘quvchisini bir vaqtning o‘zida 4,5 mingta asalari chaqdi, ammo shifokorlar o‘smirning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Metropoles xabar bermoqda.
Voqea Vitor Ugo Ferreyra Duarte ta’lim olayotgan maktab yaqinida yuz bergan. U o‘sha yerda koptok o‘ynayotganida tasodifan asalari uyasiga zarar yetkazgan, natijada hasharotlar o‘smirga hujum qilgan. Mahalliy aholi arilarni olov yordamida haydashga urindi, biroq tutun va issiqlik ularni yanada “g‘azablantirdi”.
Shifokor voqea joyiga yetib kelganida o‘smir butunlay hasharotlar bilan qoplangan edi. Natijada Vitor intensiv terapiya bo‘limiga olib borildi: unga tinchlantiruvchi dorilar yuborildi va nafas yo‘liga naycha ulandi.
Bolaning yaqinlari aytishicha, u hozir mustaqil nafas olishni boshlagan, ammo unga hanuz sun’iy nafas oldirish apparati kerak bo‘lishi mumkin. Organizmiga juda ko‘p miqdorda asalari zahri kirgani sababli o‘quvchining buyraklari ham jiddiy zararlangan. Shunday bo‘lsa-da, umuman olganda, Vitorning ahvoli yaxshilanmoqda.
Avvalroq Britaniyada Endryu Pauell ismli 57 yoshli erkak arilar to‘dasi hujumidan o‘lishiga bir baxya qolgandi. Arilar uni 240 marotaba chaqqan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

21:50 / 23.07.2025
Asalarilar o‘limi davom etmoqda. Moddiy zarar qoplanadimi?

22:28 / 15.07.2025
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi

19:02 / 15.07.2025
“Vahshiylik shu darajada bo‘ladimi?..” - zaharli dori sabab vodiyda asalarilar qirilib bitmoqda

14:31 / 11.07.2025