«Qotil asteroid»ning Yer bilan to‘qnashish xavfi ortgani ma’lum qilindi
Biroq mutaxassislar odamlarni xotirjamlikka chaqirmoqda.

Foto: Getty images
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 YR4 asteroidining 2032 yil dekabrida Yer bilan to‘qnashish ehtimoli 3,1 foizga yetdi. Bu uni hozir kuzatilayotgan eng xavfli asteroidga aylantiradi. Shu paytgacha osmon jismlaridan birortasining Yer bilan to‘qnashish xavfi bunday darajaga yetmagan edi.
Xavotirli statistik ma’lumotlarga qaramay, mutaxassislar odamlarni xotirjam bo‘lishga chaqirmoqda. Olimlar obektning trayektoriyasini kuzatishda davom etyapti. Mart oyida u Jyeyms Uebb kosmik teleskopi tomonidan o‘rganiladi. Bunday prognozlar ko‘pincha qayta ko‘rib chiqiladi va vaqt o‘tishi bilan tahdid ehtimoli kamayadi, dedi Bryus Bets, Planetary Society jamiyati bosh olimi.
Asteroid birinchi marta 2024 yil 27 dekabrda Chilidagi El Sauce rasadxonasida topilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, uning diametri 40 metrdan 90 metrgacha. Agar u Yerga tushsa, zarba tezligi soatiga (64 ming km/s bo‘lishi mumkin, bu taxminan 8 megaton trotil portlashiga teng - Xirosimadagi yadro portlashdan 500 baravar katta.
Hozirgi vaqtda hisob-kitoblar ehtimoliy ta’sir zonasi Tinch okeanining sharqiy qismini, Janubiy Amerikaning shimolini, Atlantika okeanini, Afrikani, Arabiston yarim oroli va Janubiy Osiyoni qamrab olishini ko‘rsatmoqda. Biroq, bu ma’lumotlar yanada aniqlashtirilishi kerak.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ehtimoliy to‘qnashuvga tayyorgarlik uchun yetarli vaqt bor. 2022 yilda NASA DART missiyasi kosmik kema yordamida asteroid orbitasini muvaffaqiyatli o‘zgartirdi, ya’ni agar real tahdid yuzaga kelsa, falokatning oldini olish choralari ko‘rilishi mumkin.
Mavzuga oid

18:13 / 02.03.2025
Xususiy kompaniyaga tegishli kosmik apparat ilk bor Oyga qo‘nishni amalga oshirdi

14:06 / 27.02.2025
NASA missiyasi doirasida Oyga qo‘nish moduli uchirildi

17:02 / 25.02.2025
«Qotil» asteroid endi Yer uchun xavf tug‘dirmaydi

21:59 / 24.02.2025