Uzun tumanida ona va bola o‘ldirilib, uyi yoqib ketildi
Oilaning yana ikki nafar voyaga yetmagan farzandi tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ular bosh sohasidan jarohat olgan. Prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘ab, tergov harakatlarini boshladi.
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida bir oilaning ikki a’zosi o‘ldirilib, uyi yoqib ketildi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holatni tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning Yangiyo‘l mahallasida yashovchi fuqaro Sh.E. 15 fevral kuni soat 3:39 larda tuman IIB navbatchilik qismiga murojaat qilib, qo‘shnisi M.R.ning yashash xonadonida yong‘in bo‘layotganini aytgan. Tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib borganida fuqaro M.R. va uning voyaga yetmagan farzandi O.H.ning murdasi topilgan. Ular bosh qismidan tan jarohatlari olgan.
Shuningdek, oilaning yana ikki farzandi M.H. va Z.H. bosh sohasidan olgan tan jarohati bilan Uzun tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qotillik) 2-qism “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

13:30 / 28.02.2025
Uzun tuman IIBda fuqaro vafot etishi bilan bog‘liq holatni prokuratura va Ombudsman o‘rganmoqda

14:50 / 27.02.2025
IIBdan yana o‘lik chiqdi: Uzundagi qotillik ishi doirasida so‘roqqa olib ketilgan fermer vafot etdi

17:44 / 26.02.2025
3 kishi o‘ldirilib, uy yoqib ketilgan: Uzundagi dahshatli qotillik hamon fosh etilmadi

15:06 / 08.06.2024