AQSh ma’muriyati yadroviy qurollar bilan ishlaydigan xodimlarning ishdan bo‘shatilishini bekor qildi
Xodimlarning bo‘shatilishi AQSh Energetika vazirligining 2 mingga yaqin xodimi qisqartirilgani bilan bog‘liq. Ayrim mutaxassislar qaror bekor qilinganidan keyin ham ishga qaytishga shoshmayapti.

Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp administratsiyasi Yadro xavfsizligi milliy boshqarmasining (NNSA) yuzlab xodimlari ishdan bo‘shatilishini bekor qildi, deb xabar beradi Associated Press.
O‘tgan hafta OAV agentlikning 400 nafargacha xodimi, jumladan, NNSA’da yadroviy qurollarni yaratish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishdan bo‘shatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. AP manbasiga ko‘ra, NNSA xodimlari 13 fevral kuni «kutilmaganda» ishdan bo‘shatilgan. 14 fevral kuni kechqurun e’lon qilingan xizmat qaydnomasida «vakolatlarini tugatish to‘g‘risidagi qaror» bekor qilinishi haqida so‘z boradi (28 nafar xodimdan tashqari). Bunday qaror nima sababdan qabul qilinganiga oydinlik kiritilmagan.
CNN telekanalining ma’lum qilishicha, ishdan bo‘shatilgan xodimlar orasida yadroviy qurol ishlab chiqarish obektlarida faoliyat yuritgan, shuningdek, ular uchun talab va qo‘llanmalarni ishlab chiqadigan mutaxassislar ham bo‘lgan. Telekanal manbasiga ko‘ra, avvaliga hech kim agentlik faoliyati milliy xavfsizlikka bog‘liq ekanini «tushunishga harakat qilmagan».
NNSA xodimlarining bo‘shatilishi AQSh Energetika vazirligining 2 mingga yaqin xodimi qisqartirilgani bilan bog‘liq. Qaror bekor qilinganidan keyin ham NNSA’ning ayrim xodimlari Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti sabab yuzaga kelgan noaniqliklar tufayli ish joyiga qaytishni istamagan.
Mavzuga oid

18:51
Tramp ijtimoiy tarmoqlardan shahvoniy-dipfeyk tasvirlarni o‘chirishni talab qiluvchi qonunni imzoladi

14:08
Germaniya TIV: AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritadi

13:32
“Bu avvalgi G7 emas” - Amerikaning do‘stlari Vashington bilan bojlar masalasida kelishuvga erishmoqchi

12:13