Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
U onlayn qimor o‘yinlariga berilib qolgan va qarzlarini yopish uchun jinoyatga qo‘l urgani aytilmoqda.

Foto: Videodan kadr \ Ruxsor Tv
Farg‘ona shahrida yashovchi yigit shaharning Beshbola mahallasida yashovchi, uch nafar voyaga yetmagan bolalarning onasi bo‘lgan ayolni o‘ldirdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Sud hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, onlayn qimorga berilib qolgan 29 yoshli yigit qarzga botadi. So‘ng u Farg‘ona shahridagi o‘zi yashaydigan mahallaga qo‘shni bo‘lgan Beshbola mahallasidagi xonadonga o‘g‘irlikka tushadi.
U avvaliga bo‘sh xonalarga kirib pul qidiradi. Hech narsa topa olmagach xonadon sohibasi 3 nafar farzandi bilan uxlab yotgan xona eshigi oldiga keladi.
Shu paytda ayol tasodifan tashqariga chiqadi va o‘g‘riga ko‘zi tushadi. Eshigi oldida yuziga niqob taqqan begona yigitni ko‘rgan ayol baqiradi va shunda uning bolalari ham uyg‘onishadi.
Ayol xona ichiga kirib eshikni ichkaridan yopishga urinadi. Shunda yigit xonaga kirib uch nafar bolaning ko‘z o‘ngida ayolga pichoq uradi va voqea joyidan qochib ketadi. Og‘ir tan jarohati olgan ayol vafot etadi. Tezkor qidiruv harakatlari natijasida tez orada yigit ushlanadi.
“Ruxsor TV” telekanalida berilgan lavhada aytilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida yigit Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi va 164-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilgan. Unga 17 yil qamoq jazosi berilgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina dronlari Rossiyaning Lipetsk viloyatiga hujum qildi
Jahon | 12:38
-
Hibsdagi sakkiz kishi: Rossiyada yana bir ozarboyjonlik qamoqqa olindi
Jamiyat | 12:33
-
Jitomir yaqinidagi portlashlar: ikki korxona yakson etilgan
Jahon | 12:20
-
Zangiotada sifatsiz dori vositalari va buyumlari savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 12:13
Mavzuga oid

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

10:11 / 22.06.2025
Yaponiyada qurol o‘rniga o‘tkir ziravorlardan foydalangan o‘g‘rilar ushlandi

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

09:14 / 18.06.2025